tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1565
Last Update:
Ko'plab postlarda men: Har bir ongda uzoq vaqt qolib, "avval shu ong extiyojlarini qondirib olay keyin yuqorisiga o'taman" deb harakat qilish unchalik ham to'g'ri yoʻl emasligini aytib kelaman. Sababi har bir ongni o'z energiyasi va xirslari bor. Qachonki biz bugungi quyi ongimizdan kelib chiqib bugungi nafsimiz istaklari uchungina hayotiy energiyalarimizni sarflab yuraversak, aslimizni anglash darajasiga juda uzoq vaqtda yetib boramiz.
Aslida qachonki biz inson anglashi mumkin bo'lgan eng yuqori darajaga erishganimizda, barcha quyi nafslarimiz istagini quyi ongda bo'lganimizdan tezroq va foydaliroq bajara olamiz. Sababi, har bir energiya markazi (ong) alohida borliq energiya oqimiga javobgardir. Qachonki biz tezlik bilan barcha energiyalar xilqatini ochib olsak, endi bizdan barcha energiya oqimlari aylanishi mumkin boʻladi. Qachonki quyi ongda bo'lib faqat tana va dunyo xirslari girdobida qolib ketsak, bizdan ilohiylik yoki iqtidorga bogʻliq energiyalar aktivlashishiga imkon bermaymiz.
Chakralar haqidagi kitobda bu jarayon keng ochib berilgan ekan. Unda yozilishicha ong birinchi bosqichda mavjudotlik bosqichidan yuqori ilohiylik darahasiga chakralar bo'lab o'sib borishi kerak. Keyin esa, ilohiy ong energiyalari quyi chakralar taraf yuqoridan pastga oqishi, hamda barcha fiziologiyaga bogʻliq chakralarni to'yintirishi kerak ekan. Qachonki shu ikki pastga va yuqoriga oqimlar barcha chakralarni uygʻunlashtira olsa inson ongi haqiqiy ilohiy transentental darajaga erishadi ekan.
Bu shuni anglatadiki faqat bugungi nafslarimiz istagi bilan yashash, baribir nafsimiz istaklarini qondirganimiz bilan bizga baxt keltirmaydi, chunki bizda doimo har bir istagimiz va faoliyatlarimizda har bir ongimizni energiyasiga bogʻliq xirslar qondirilishi kerak. Agar biz eng yuqoriga hali chiqmagan bo'lsak, demak bugungi istaklarimiz bizni aslimiz istaklari bo'lmaydi.
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1565