tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1585
Last Update:
Ilohiy qobiliyatlarga ochilish!
Menga ko'p bor Intuitsiyani rivojlantirish haqida kitob yozishimni so'rab murojaat qilishadi.
Xo'sh nega intuitsiyangizni rivojlantirmoqchisiz? degan savolga javob odatda bu orqali odamlarni bilib olish va voqealikni oldindan sezish orqali jarayonlarni o'z manfaatlari uchun boshqarish bo'ladi.
Ammo sizning fikru hayolingiz yuqoridagidek moddiy olam g'am tashvishi va nimagadir erishish xirslari bilan band ekan. Siz har qancha intuitsiyani ochish praktikalarini qilmang uni asl darajasiga erisholmaysiz. Chunki insonda Intuitsiya, empatiya, ichki ravshanlik, telapatik qobiliyat kabi ilohiy hususiyatlar qachonki uning ongi yuqori ilohiylikka erishib borgani sari ochilib boradi xolos.
Bu darajalar ongni nozik qatlamlarga uchib chiqishiga o'xshaydi. Havo sharida ogʻir yuklar qancha ko'p bo'lsa u yuqoriga ko'tarilishi shuncha qiyin bo'ladi. Qancha yuklarini kamaytirgani sari samoga yuqorilaydi. Moddiyat tashvishlari ongni yuksaltirishga halaqit beradigan og'ir yuk bo'lib xizmat qiladi. Shu bois qachonki siz ilohiy qobiliyatlar sizda bo'lishiga intilsangizu lekin ongingiz to'la yeriy istaklar bo'lsa sizga asl sof ilohiy qobiliyatlar berilmaydi.
Aksincha dunyoning ikki qarama qarshi energiyasi va bu energiya ortidagi yuqori kuchlarni ikkiligi mavjudligi sabab, qachonki siz nafsoniy istaklar bilan ilohiy qobiliyatlarni o'zlashtirishga intilsangiz, siz ichki pok holatida bo'lmaganingiz sabab qora kuchlarga ulanasiz. Ular sizga huddi ilohiy qobiliyatlarni bergandek bo'lib, sizdan yeriy jarayonlardagi o'zlarining g'arazli istakalrida foydalanishadi.
Ertaklardagi Jodugar kampir siymosini eslang. U ham g'ayrioddiy qobiliyatlarga (sehr qila olish, oldindan koʻrish, telepatik qobiliyatga) ega. Ammo u g'arazli maqsadlari bilan barchaga negativ tarqatadi.
Endi uning energiyasiga teskari bo'lgan Avliyo insonlarni faraz qiling. Ular atrofga faqat ezgulik tarqatadi. O'zlaridagi ilohiy qobiliyatlarini ham faqat yaxshi maqsadlarda ishlatishadi. Odamlarni duolar bilan taqdirini poklaydi, yomonliklarni oldini olishga intiladi...
Bu ikki energiyani ortidagi kuchlarning faqrini faqat ularga tashqaridan nazar solgan ilmli insonlar anglay oladi. Afsuski bugungi kunda ham "Zamonaviy Jodugar kampirlar" Ko'p uchramoqda. Ular go'yoki o'zlarini yuqori ongga erishgandek ko'rsatib, yuqori sivilizatsiya, qanaqadir o'tkazgichlari bor ekanini aytib oʻsha kuchlarni ta'limotlarini atrofga tarqatishga urinmoqda, ammo aglashmaydiki u kuchlar shunchaki bu insondan foydalanib o'z maqsadlarini yerdagi jarayonlarda amalga oshirayotganini.
Unutmang: Dunyoning shunday qonunlari borki, bu qonunlar o'sha yuqori sivilizatsiya kuchlaridan ham kuchlidir. Ya'ni siz kimga va qanday jarayonlarga energiyangizni sarflashingizga qarab baribir karmik oqibatlariga javob berasiz. Agar harakatlaringiz insonlarni poklanishiga va Xudoga yaqinlashishiga olib bormasa, bunday faoliyatning karmik oqibati ruhingiz uchun ancha qimmatga tushadi va kelajakdagi azoblar bilan yakunlanadi.
Qalb har qanday kuchlardan ham yuksakdir. Birlamchi maqsadni uni poklashga qarating shunda sizga ilohiy qobiliyatlar va botiniy haqiqatlar shundoq ham yengil ochiladi.
Qalbi poklargina Xudoga erishadi. Agar faoliyatingiz oqibati bandalarni Xudodan uzoqlashtirishga qaratilingan bo'lsa buning karmik oqibati qalbni, ya'ni ruhni kirlatadi. Demak insonlarni Xudodan uzoqlashtiradigan ta'limotlarini tarqatayotganlar aslida o'zlari anglamagan holda, ya'ni yovuz kuchlarni o'z ongiga singdirgan illyuziyasiga asosan ish ko'rish orqali ruhiy poklanish taraf emas, uni aksi tarafga ketishmoqda!
Qaysiki yo'l yakunida Xudo bo'lmasa, bu yo'l peshvolari o'zini 99-darajaga chiqdim deb hisoblasa ham adashtiruvchidir!
Dunyo uchun ham, ilohiy qobiliyatlar uchun ham intilmang. Shunda yagona va asl yo'lga, ya'ni Xudo va uni anglash yo'lida borasiz. Yaralishlikning asl mohiyati ham shudir aslida!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1585