tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1589
Last Update:
Har birimizga umr azoblarga sabr qilish va chidash uchun emas, dunyoni yaxshilash va barcha uchun azobsiz hayotni yaratish yo'lida bir qadam tashlash uchun berilgan.
Sabr bu harakat qilgandan so'ng oqibatini Xudoga topshira olish qabiliyatidir!
Na o'zi uchun va na boshqa bandalar uchun foydali nimadir qilmay "men sabr qilyapman endi menga ber!" deb Xudodan nimadir kutish, go'yoki sabri uchun (aslida esa yangilanishni istamayotgan nafsi uchun) makkorona usulda Xudoni qarzdor qilishga urinishdir!
Soatni chikkillashini jimgina eshitingda, o'sha har bir ovoz sizni umringiz tobora tugab borayotgani haqida singnaldir. Siz esa, odamlar o'zi o'ylab topgan va suniy qiymat bergan qanaqadir matohlarga erishish tashvishi bilan, hali hamon har soniyasi aslida eng qimmatli bo'lgan umringizni asl vazifangiz boʻlgan qalblarni rozi qilish uchun emas, aksincha ularga va o'zingizga azob berish uchun sarflab yashamoqdasiz!
Aytingchi - o'zi nima uchun dunyoga keldingiz?
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1589