tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1594
Last Update:
Yoshligimdan o'ziga to'q oilalar har "Qurbon hayiti"da mol yoki qo'y so'yib qurbonlik qilganini bilsam, men ham katta bo'lsam qurbonlik qilaman deb niyat qilardim.
Chunki qurbonlik qilib qon chiqarganni oilasiga Xudo baraka va baxt beradi deb o'ylardim.
Ammo o'sha yoshligimdan beri har hayitda qurbonlik qilib keladigan oilalarni juda koʻpida hali hamon na moddiy o'sish va na oilaviy baxt bor ekanini, aksincha oila a'zolarini ba'zilari ogʻir kasalliklardan qiynalyotgani ajablanari edi. Xo'sh nega ular qurbonlik qilsa ham, qilmaganlardan farqli ijobiy turmushga va salomatlikka ega emas?
Keyinchalik diniy va psixologik ilmlarni o'rganib angladimki. Asl qurbonlik bu o'z egosini, ya'ni soxta menini qurbon qilish va shu orqali qalbni poklash ekan. O'sha shunchaki hammaga nimaga qodrligini ko'rsatish uchungina yoki pulim yanada koʻpaysin degan maqsadda qurbonlik qilayotganlar, aslida qurbonigidan maqsadi o'z kibri uchun bo'lgani sabab ham Alloh ularni ijtimoiy holati va sogʻlig'iga ijobiy oʻzgarish bermas ekan.
Bizda ego bor ekan, biz dunyoviy matohlarimiz va hayoliy ijtimoiy darajalarimizni "meniki" deb atrofdan ajratib olamiz. Va butun umir ularni himoyasi bilan ongimizni band qilib qalbimizni qafasda saqlaymiz.
Shu bois ham juda ko'plab boyligi borlar ham hayotini ikkinchi yarmida davosiz kasalliklardan aziyat chekadilar. Chunki ular aslida Xudoni mulki bo'lgan ne'matlarni meniki deb belgilab olib hayotini Xudoga yaqinlashishga emas, U bilan mulk talashishga sarflar ekan.
Demak Qurbonlikni asl mohiyati "Meniki" deb chegaralab olgan narsalarimizdan Xudo yo'lida voz kechish, ya'ni Alloh istagan ezguliklar yo'lida qurbon qilishlik ekan.
Ba'zi ijtimoiy holati yaxshi bo'lmaganlar "men qurbonlikka qodir emasman" deyishadi, chunki qurbonlik faqat "qon chiqarish" deb bilishadi. Ammo asl qurbonlikka har bir inson qodirdir. Bu har bir hayotiy vaziyatda Egoni qurbon qilish orqali qalbni poklab borishdir!
Kimdir sizni xafa qilganida uni kechirish.
Haqorat qilganida unga g'azablanmaslik.
Oilada nizo chiqqanida jaxlni tiyish.
Jismoniy va aqliy mehnatingizni boshqa insonlar manfaati uchun shartsiz berish.
Bittagina noningiz qolgan bo'lsa ham, shuni yarmini muhtojlarga berish ham "ertaga men o'zim nima qilaman" deyotgan "men"ingizni qurbon qilib Xudoga rizqingizni ishonib tobshirishdir.
Xudo aslida o'zi yaratgan mahluqotlar qoniga muhtoj emas. Ammo qurbonlik orqali siz U uchun nimalarga qodir ekaningizni sinab koʻradi.
Allohga yaqinlashishga yana bir qadam tashlash bayrami bo'lgan "Qurbon hayiti" Muborak bo'lsin aziz dindoshlar!!!🌙
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1594