tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1600
Last Update:
Xo'sh nega buni yozdim?!
Albatta bir qarashda bu misol bilan millatimizni ahvolini ko'rsatishga urinayotgandekman. Ha tafakkur qiluvchilar uchun bu yaxshigina tushuncha beradi.
Ammo yana ham kengroq fikrlab ko'rsak. Bu hodisa bizga moddiyatga bogʻliq eng katta va muhim tushunchalarni beradi:
Agar sizning maqsadingiz faqat pul to'plash bo'lsa, unda atrofingizdagilarni xohishiga koʻra mahsulot yoki xizmat taklif qiling!
Agar sizning maqsadingiz oxirat dunyosidagi farovonlik bo'lsa, Allohning xohishiga ko'ra atrofingizdagilarga mahsulot yoki xizmat taklif qiling!
Albatta agar atrofingizda oxiratdan ko'ra bugungi nafsini ustun qoʻyganlar ko'p bo'lsa ikkinchi variantda ko'p pulga erisholmaysiz. Ammo halol yo'l bilan mahsulot va xizmat orqali atigi bitta odamga bergan manfaatingiz uchun U dunyoingiz uchun katta boylik jamgʻarayotgan bo'lasiz!
Bu voqea tushuntiradigan yana bir moddiyat qonuni shuki: Pul yaxshi yomonni ajratmaydi. Hamma odamni qo'lida aylanaveradi. U shunchaki energiya, kim energiyasini nimaga sarflashni istasa shu narsa uchun ketaveradi.
Ammo biz ongimizni pulga qaramlikdan yuksaltirsak, pul bizni harakatlarimizni emas, biz pulni boshqaramiz. Shu orqali atrofdagi insonlarni ham ijobiy tarafga o'zgartirish qudratiga erisholamiz.
Agar siz masalan islom uyg'onush davrida sahobalar bilan birga yashaganingizda odamlarni nafsiga ko'ra tovar sotib bo'y bo'lolmasdingiz, aksincha qattiq jazolanardingiz. Hozir esa, odamlar asosan nafsi uchun pul sarflaydi. Shu sabab qaysiki biznes nafslarni qondirish uchun moʻljallangan bo'lsa u tezda muvaffaqiyatga erishadi va u biznes egalarida katta pullar aylanadi.
Bejizga bu dunyoni imtixon dunyosi deb atalmaydi. Chunki har bir vaziyatda biz tanlov qabul qilishimiz kerak: Yoki nafsni bugungi rohati yoki qalbning keyingi farovonligi o'rtasida.
Bu post bilan kimnidir tanqid qilish maqsadida emasman. Ammo har birimizni qandaydir harakatimiz butun millat kelajagiga ta'sir etishi mumkin. Ayniqsa keng ko'lamli tadbirkorlik keng koʻlamli ta'sirga ega. Shu bois tadbirkorlar unutmasligi kerakki: Faqat o'zingizni kirlatsangiz sizga bitta gunoh yoziladi, agar faoliyatingiz orqali boshqalarni ham kirlatsangiz o'sha har bir odam uchun bir necha barobar gunohingiz ko'paytirib yoziladi.
Ikkinchi tarafdan nafslarni kuchaytirishga undaydigan faoliyat orqali, bu millatdan Buyuk insonlar chiqishiga salbiy ta'sir etayotgan bo'lasiz!
Barchaga ikki dunyo saodati nasib etsin!!!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1600