tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1617
Last Update:
Nega bugun bu millatdan avvalgidek dunyo tan olgan Buyuk olimlar chiqmayapti?
Buning asosiy sababini tushunish uchun millatning hozirgi kundagi oila qurishdan maqsadiga e'tibor bersangiz Millatning bugungi tushib qolgan ahvoli bejiz emasligini anglaysiz!
Yigitlarning oila qurishdagi asosiy maqsadi: tezroq uylanib, har kunlik bepul jinsiy aloqaga erishish.
Qizning oila qurishdan asosiy maqsadi: Tezroq erga tegib, farzand ko'rib, boshqa tengdoshlaridan kam joyi yo'q ekanligini isbotlab qo'yish.
Qizning ota-onasining qizni tezroq uzatishdan maqsadi: "Qiziga yaxshi tarbiya beribdi tezda egasini topib ketti" degan maqtov olish yoki "qizi o'tirib qolibdi nimadir netosi bor ekan" degan gaplardan qutilish.
Yigitning ota onasining to'y qilishdan asosiy maqsadi: tezroq uyga tekin xizmatchi olib kelish!
Bolalarning bu dunyoga kelib nimalar qilishi esa, umuman qiziq emas. Ular asosan ota onasini boshqalarni gap so'zlaridan qutqaruvchi bir qo'g'irchoq kabidir. Ularning istagi ota onasiga hamohang bo'lishga majbur. Ularning iqtidori ham ota onasi aytgan soxada bo'lishi kerak. Voyaga yetguniga qadar bolalarni shaxsiyatiyu iqtidori butkul bloklanadida keyin, "Qo'lingdan hech narsa kelmaydi, sen ham biror nima qilib pul top" deb uni jismoniy mehnat bilan tirikchilik qilishga undashadi.
Bolalarni kelajakni Buyuk insonlari sifatida ko'rishni boshlasak. Huddi biror Buyuk inson uyingizga tashrif yurishiga oldindan tayyorgarlik ko'rganingiz kabi ularni ham hali dunyoga kelishidan avval alohida e'tibor bilan kutib olasiz va voyaga yetguniga qadar shunga muvofiq tarbiyalaysiz. Shundagina haqiqatdan ham Buyuk insonni jamiyatga tarbiyalab berolasiz!
"InshaAlloh oila qurishdan asosiy maqsadim, butun insoniyat va butun ummat uchun buyuk xizmatlar qilib, millatni yana avvalgidek yuqori darajaga olib chiqadigan farzandlarni dunyoga keltirish va tarbiyalash" degan birlamchi maqsad bilan oila quradigan yigit va qizlar soni oshsagina millatimiz bugungi ilmiy va ma'naviy botqoqlikdan chiqib ketoladi.
Unutmaslik kerakki, buyuklarni tarbiyalay olmaydigan millatga Alloh buyuk ishlar qiladigan ruhlarni farzad sifatida yubormaydi!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1617