tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1639
Last Update:
"Jamiyat ongi qullari"
Qul bu o'z istakalri uchun emas, Ho’jayini istaklari uchun o'z energiyasini sarflaydigan odamdir.
Hozirda rasmiy qullik yo'q, ammo odamlarni energiyasini ma'lum bir maqsadda so'rib oladigan ong tizimlari mavjud. O'z Tafakkurini ishlata olmaganlar shunday dasturlarga ongsiz qul bo'lib yashash orqali butun hayotiy energiyasini o'shalarga sarflab, quldek yashashga majbur bo'ladi.
Ba'zi odamlarni kuzatar ekanman, o'ylab qolaman: Manimcha ularni hech kim yo'q joyga olib borib tashlansa, nima qilishni bilmay ochlikdan o'lib ketsa kerak! Chunki atroflarida qanday yashash kerakli haqida andoza oladigan hech kim bo'lmaydi!
Jamiyat ongiga chuqur botganlar go'yo atrofidagilar qilganini takrorlash uchungina yashayotgandek. Agar ulardan buni nega qilishing kerak? deb so'rasangiz u ishni tub mohiyatini anglash uchun ham miya hujayralarini ishlatishga ham erinishadi, chunki uni hech ishlatib ko'rishmagan. Sababi doim hamma qilyaptiku demak shu to'g'ri deb hisoblashgan.
Chet el rivojlanishda nega bizdan oldinda bilasizmi? Chunki ularni har biri o'zligini, hammadan alohida fikrlari va qobiliyatlarini anglashgan, hamda bu farqlarni ko'rsatib yashash insonni madaniyatli ekani ko'rsatkichi sifatida ko'rishadi. Ularga nega boshqalar kabi ish tutmading? deb savol bersangiz. Nega u qilgandek qilishim kerak, axr menda ham alohida miya va istaklar bor, nega uni xohishlari meni ham xohishim bo'lishi kerak?! deb javob beradi.
Aynan shunday fikrlaydiganlar ko'p yashaydigan davlatlarda butun insoniyatga manfaatli kashfiyotlar yaratiladi. Chunki hech kim o'zidan avvalgilar qolibida hayot kechirmaydi.
Bizda esa hamma bilan bir xil hayot tarzida yashashing va kimdir jamiyatga kiritgan odatlarni sen ham takrorlashing bu madaniyat va hurmat belgisidir!
Agar qanaqadir marosimda hamma bajarayotgan "ahmoqona" Rolni sen ham ijro etmasang, go'yo seni kibrli deb bilishadi. O'zlari o'ylab ko'rishmaydiki, biz o'zimiz nega buni qilyapmiz, nega aynan shunday qilishimiz kerak, bundan kimga nima foyda?
Farzandlarimizni ham yoshlikdan shunday ahmoqona odatlarda faollik ko'rsatishga targʻib qilib, go'yo shuni bajarsa el yurt oldida hurmati bo'ladi degan e'tiqodga keltirib qo'yamiz. Natijada ular ham katta bo'lgach, hamma qilayotgan o'sha ahmoqona ssenariylar asosida, o'zligini unitib, jamiyat ongidagilar uchun yaxshi inson boʻlib ko'rinish uchungina hayotiy energiyalarini sarflab yashab o'tib ketishadi.
O'zingizga savol bering. Xo'sh o'sha hamma qilayotgan narsani qilishingiz sizga nima naf beradi?
Bu shunchaki o'sha "hamma qilyapti" deb yashaydigan va o'z miyasini hech ishlatib ko'rmaganlarga yoqadigan ish bo'ladi xolos. U hayotingizga qo'shimcha harajat bo'lib ta'sir etadi bo'ldi, uni aslida hayotingizga ijobiy ta'siri yo'q!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1639