tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1654
Last Update:
Bo'lajak qaynota va kuyov suhbati:
👨🦳 Xo'sh o'g'lim aytingchi, Har doim oilani barcha kamu-ko'stini taminlashga va qizimni hech nimaga zoriqtirmaslikka va'da berasizmi?
👨🏻 Yo'q bunga va'da berolmayman!
👨🦳 Iya, nega? Axr oila qurishga tayyor erkak kishi sifatida qizimni qo'lini so'radingiz, erkakni vazifasi oilasini moddiy ehtiyojlarini taminlashdir!
👨🏻 Ha bular oila erkagi harakat qilib, erishishi kerak bo'lgan narsalardir!
Ammo siz mendan bandani emas, Yaratganni vazifasini bajarishimda va'da berishimni so'radingiz.
Siz oilani doimo kamu-ko'stsiz ta'minlashda va'da berishim kerakligini aytdingiz, ammo Rizq Allohdan! Menga ham, qizingizga ham, umuman butun oilamizga qancha rizq berilishini yagona Alloh hal qiladi. Bandani qo'lidan keladigani esa, yaxshiliklar va yaxshi hayot uchun harakat qilib ko'rishdir!
Men bandalik darajamdan va oila erkagi sifatidagi vazifamdan kelib chiqiqib oilani va bo'lajak ayolimni hech nimaga zoriqtirmaslikka harakat qilaman, ammo natijani Alloh beradi. Allohning zimmasidagi ishlarda banda va'da berolmaydi!
👨🦳 Keling bunday falsafiy gaplarni bir chetga surib qo'yaylikda kelajak g'amini yeylik. Men qizimni sizga berishim uchun siz meni ishontirishingiz kerak uni ertaga baxtsiz qilib qo'ymasligingizga. Xo'sh aytingchi qizimni ko'zidan bir tomchi yosh oqqizmasdan olib yurasizmi?
👨🏻 Agar qizingizni dunyoni ko'rish va Yaratganni anglash darajasi huddi siznikidek bo'lsa, u oltin qasr ichida yashasa ham, yegani shoxona taomlar bo'lsa ham, u oilasining buguni va ertasiga bogʻliq arzimas sabablar uchun ham ko'z yosh to'kaveradi. Chunki barcha baxtsizligu, yaqinlari bilan kelishmovchiliklarni zamirida Yaratganga iymoni pastligi turadi.
Agar inson o'zini asl bandalik darajasini anglagan bo'lsa, buguni va ertasini ham Alloh izniga topshira oladi va U nima bersa shuni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Aynan shunday qarashdagi insonlar bugungi holatida qaysidir bandani sababchi qilib u bilan tortishuvlarga borib yurmaydi, chunki biladiki barcha ne'matu voqealar Allohdandir!
_ Meni oila qurishdan maqsadim, bo'lajak Ayolim va farzandlarimni jannatga munosib inson bo'lib yashashlari uchun ular oldidagi "Erlik" va "Otalik" vazifamni bajarishda xizmat qilishdir!
👨🦳 Quruq gap qorin to'ydirmaydi!
👨🏻 Men sizga va qizingizga katta boylikni emas, halol luqma topib kelishni va'da berolaman! Chunki bu dunyoda nima berishni Alloh hal qiladi, u dunyoda nimaga erishishimizni esa, harakatlarimiz orqali o'zimiz hal qilamiz!
Men yana o'zim va ahli ayolimni nomahramlarda himoyalashga va'da berolaman. Ammo ko'plab nomahram erkaklar bor yerlarda aylantirib yurishga va'da bermayman. Chunki aytganimdek meni oila qurishdan maqsadim. O'zim va oila a'zolarimni jannatiy bo'lishlariga xizmat qilishdir!
👨🦳 Qani Omin! Siz bor yo'qligi nomaʼlum hayoliy jannatingizga intilishda davom eting, men esa qizimni o'zimizga mos Orzu-havasi bor biror yigitga uzataman!
👨🏻 Omin. Nasib etgan va nasib etmaganlaring uchun ham Alhamdullilah!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1654