tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/166
Last Update:
Bu video ham, huddi bir psixologni 1 soatlik darsi ichidan 30 sekuntini kesib olib negativ maqsadda tarqatilgan "Erkak nimaga kerak?!" videosidan bo‘libdiku 😄
Biz o‘zimizni hayvon deb bilmasak ham, tanamiz shu yer yuzi unsurlaridan tashkil topgan va boshqa mavjudodlarda bo‘lgani kabi (o‘z-o‘zidan ko'payish) shahvoniy istaklar bizning tanalarimizda ham mavjud.
Oliy zotga erishishlik uchun eng muhim vaziyfamiz aynan o'sha hayvoniylikni jilovlab halol ko'payish orqali oliylikka erishishdir.
Qarama qarshi jins vakillari o‘zlarini bir birlariga namoyon etishlari, hayvoniy istaklarni oshirib, o'sha asosiy maqsaddan chalg‘ishlariga olib keladi. Ya'ni nomahram erkakka o‘zini ko‘rsatish gunoh bo‘lishi sababi shunda!
Bu ish orqali ayol, Bir vaqtda ham u erkakni shaytonga ergashishiga hissa qo'shgan bo'ladi, ham o‘z aurasini u erkak nazaridan keladigan negativ energiya bilan to‘ldirayotgan bo'ladi .
Yakun esa har ikkisini ham jannatdan uzoqlashishga sabab bo'ladi.
Dinimizda avrat masalasiga jiddiy qaralishlik sababi shuki - Alloh "ISLOM" orqali, har bir bandasini tezroq o‘z huzuriga yo‘llashni istaydi..
O‘ylaymanki, Hayotni asl mohiyati va qonunlarini anglagan Ayollarga bunday ma'ruzalar aslida shart ham emas, ular shundoq ham barchasini anglab, ham o‘zlarini ham boshqalarni poklanishiga hissa qo'shgan holda yashashadi.👍
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/166