tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1665
Last Update:
Bugun siz "Qaynashni" orzu qilayotgan "Sho'rva"da men rosa qaynab ko'rganman!
Deyarli barcha odamlar bu hayotda nimalargadir erishishni, qandaydir mavqelarga ko'tarilishni istab hayotlarini shu orzu maqsadlariga sarflashadi. Go'yo o'z hayotlariga o'zlari "Povor" bo'lib o'z hayotlari retseptini o'zlari tuzayotgandek...
Ammo anglashmaydiki onglariga singdirilgan taxminan II asr avval paydo boʻlgan umuminsoniy "kapital vasvasasi" ta'limoti va shu ta'limot oqibatida vujudga kelgan bugungi turli xil jamiyat dasturlari ularni bu hayotda aslida "Povor" kabi emas, kapitalizm svilizatsiyasi degan qozonda qaynayotgan "Kartoshka va sabzi" kabi qaynab-pishib yashashga majbur etayotganini!
Agar siz kimlardandir orta qolmaslik uchun, kimlargadir nimanidir isbotlab qo'yish uchun yashayotgan bo'lsangiz yoki maqsadlaringizni tup mohiyatida atrofdagilarni olqishiga sazovor bo'lish turgan bo'lsa, demak bilingki siz o'z hayotingiz Povori emas, aksincha jamiyat dasturlari qozonida qaynab o'z umrini bitirayotgan "Sabzavot" kabi umr kechirmoqdasiz!
Ushbu Qozondan chiqib, o'z hayotingizni mazali holatga keltirish uchun, o'z hayotingizga o'zingiz ongli ravishda retsept tuza oladigan Povor darajasiga erishishingiz kerak. Shunda hech kim va hech bir voqelik sizni qozon ichiga tortib ketib qaynab-pishib yashashga majburlay olmaydi.
Bunga albatta atrofingizdagi o'sha qozon ichida qaynayotgan boshqa "Sabzavotlar" anglamagan ilmlarni o'rganish va hayotning asl qonunlarini chuqur anglash bilan erishiladi.
Unutmang: Asl ozod inson bu qo'lida kishani yo'q odam emas, ongida kishani yo'q Odamdir!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1665