tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1668
Last Update:
"Dunyoviylik Dini!"
Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir postga ko'zim tushdi, unda
"Arablar bizni bosib olganda biz Islomni qabul qildik, lekin Ruslar bosib olganda, bizga o'z dinini singdirolmadi!" degan maʼnoda, biz huddiki islomni saqlab qololdik deb yozilgan ekan.
Xo'sh nega deyarli bir asr xalqimizni boshida turgan ruslar bizga Xristianlikni singdirolmadi?
Gap shundaki ularni maqsadi bizga Xudoga olib boradigan qaysidir dinni singdirish emas, aksincha aholi ongidan va qalbidan har qanday dinni yo'q qilish bo'lgan. Hatto ular o'z xalqiga ham xristianlikdan uzoqroq bo'lishi uchun turli taqiqlar qo'ygan.
Xo'sh bundan maqsad nima edi?
Maqsad qandaydir "ko'rinmas Ilohga" emas, davlat rahbariga qalban itoat qiladigan xalqni tarbiyalash edi. Chunki imperializm ongidagi rahbarlar bilardiki odamlar qanchalik o'ziga itaotkor bo'lsa va dunyoviy xirslar bilan yashasa, shunchalik ularni energiyasini ko'proq iqtisodiyot manfaatlari uchun so'rib olish mumkinligini...
Odamlar ongidan va qalbidan Xudoga iymonni yo'q qilsangiz ularda faqat ko'zi ko'rib turgan dunyoda, jamiyat ichida kimlardandir qolishmay yashash istagigina qoladi. Hamda itoat qiladigan buyuk Ilohga iymonsizlik boshqa kimgadir itoat qilish istagini uyg'otadi va atrofidagi odamlarni boshqarayotgan qaysidir rahbarga itoat qilib uni ilohiylashtirishga moyil bo'lib qoladi.
Odam o'zini avvalo bu dunyoga imtihon uchun kelgan ruh emas, balki mazza qilib yashab qolishi kerak bo'lgan tana ekanligiga ishonsa, unda tana istaklarini bajarish va shu tanani boshqa tanalardan ustunroq qilishga urinib yashash u uchun hayot ma'nosiga aylanadi. Imperialism siyosatini maqsadi ham odamlarda shunday e'tiqodni uyg'otish bo'lgan. Ya'ni odamlar qanchalik dunyo xirslariga singib ketsa, shunchalik ko'p energiyalarini imperiya uchun sarflashadi. Va hamma oxiratini emas, faqat bugungi o'z manfaatlarini o'ylab, bir birlari bilan kim ko'p kapital jamgʻarish bo'yicha musobaqalashib yashashni boshlaydi.
Ko'chaga chiqib odamlarni kuzating: Agar odamlar o'z manfaatlari uchun boshqalarni aldayotgan bo'lsa, yoki zo'rlik bilan ojizlarni mollarini o'ziniki qilishga urinayotgan bo'lsa...
Xudodan emas, qandaydir o'yinlardan yoki qandaydir matohlardan o'zi uchun omad kutib yashayotgan bo'lsa....
Ayollar o'z qomadlari bilan nomahram erkaklar rohatlanishiga imkon berib, buni o'ziga oro berish deb ishonyotgan bo'lsa...
Odamlar nomahramlardan saqlanishlik uchun o'rangan ayollarni madaniyatsizlikda ayblashayotgan bo'lsa...
Erkaklar uyida xotini turib, ko'chada ko'ringan ayolga shahvat ko'zlari bilan qarab, ular bilan birga bo'lish istagini hech tortinmay aytishayotgan bo'lsa...
Odamlar Xudodan duo qilib emas, turli marosimlarda "Shayton suvini" qo'llariga ko'tarib o'zlariga muvaffaqiyat so'rashayotgan bo'lsa. Demak bilingki bizni bosib olgan rus imperiyasi bizni xalqimiz ongiga va qalbiga allaqachon o'zini "Dunyoviylik dinini" singdirib bo'lgan!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1668