tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1691
Last Update:
Farovonlik va Baxt qonuni!
Bilasizmi? Agar hamma halollik va adolat bilan, qo'lidan nima kelsa shu kasb orqali jamiyatga manfaatli xizmatlar qilib, bir biriga ko'maklashib yashasa. Aslida odamlar o'rtasidagi oldi-berdida Pul ekvivalenti kerak bo'lmay qoladi.
Pul bu boshqalar manfaati uchun o'z energiyasini qalban sarflashni istamaydigan dangasalarni o'rnidan turib, jamiyatga foydali nimadir qilishga majburlash uchun o'ylab topilgan vositadir!
***
Faqat pul uchun ishlaydiganlarni asosiy qismi odatda kambagʻallikda hayot kechiradi. Chunki bundaylar pul kelmaydigan vaziyatlarda hech narsa qilmay vaqtlarini bekor o'tkazishni afzal ko'rishadi. Oqibatda topganlari tanasini ochlikdan saqlab qolishgagina yetadi...
Pulni ikkilamchi oqibat sifatida ko'rib, har bir harakatida birlamchi maqsadini odamlarga o'z qobiliyatlari bilan qandaydir manfaat berishga qaratadiganlar insoniyatga odamlardan oladigan pullaridan ko'ra ko'proq baraka berganliklari bois, bundaylar sarflagan ortiqcha energiyalarini oqibati sifatida ish joylarida tezda lavozimi ko'tariladi yoki jamiyat ichida hurmat-ehtiromga sazovor bo'lishadi. Oqibatda esa, moddiy farovonlikka ham erishishadi.
* Olish uchun emas, asosan berish uchun yashang!
Unutmang: Olganingiz Tanangizni bugungi ozuqasi uchun bo'lsa, berganingiz Ruhingizni ertangi ozuqasi uchundir!
Endi angladingizmi nega ba'zi odamlar hayotida baxtsizlik va sog'lomsizliklar sodir boʻladi?
Chunki ular bir vaqtlar berganidan ko'ra ko'proq olishga intilishgan, natijada ruhiy ozuqasi tugab, ruh uch o'lchamli dunyo energiyasidan o'z ulushini qayta so'rib ola boshlaydi!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1691