tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1693
Last Update:
Eng foydali kitob qaysi?
Gohida bizdagi kitoblarni olishdan avval ba'zilar: "Bu kitoblardan o'zingiz ham nimadir olganmisiz? Rostdan ham odamni dunyo qarashi o'sishida yordam beradimi?" deb so'rab qolishadi... Foydali ekaniga ishonqiramay!
Albatta, o'qib chiqishgach esa, foydasini o'zlari anglab yetishadi.
Bilasizmi? Men tahminan hozirgacha 500 ga yaqin kitoblarni o'qiganman va shularni deyarli 70-80 foizi o'zbek tilida mavjud emas. Men taqdim etayotgan kitoblar esa, o'sha kitoblar ichida inson kamoloti va sog'lig'iga eng ijobiy ta'sir etadigan, saralangan kitoblardir!
Keling o'sha ko'pchilikka qiziq bo'lgan ma'lumotni, ya'ni men tayyorlagan kitoblar ichida meni o'zimni dunyo qarashimni o'sishida eng katta hissa qoshgan Top-3 ta kitoblarni aytib o'taman:
1) "Karma diagnostikasi 2 va 3."
Bu kitoblardagi sirli ilmlar meni ongimni butkul o'zgartirib yuborgan. Bu kitoblarni o'qigan odam dunyoni faqat 3D ko'rinishida emas, jismoniy dunyodan tashqaridagi hayotga eng katta ta'sir etadigan asl haqiqatlari bilan ko'rishni boshlaydi.
2) "Beshta ruhiy jarohatlar"
Bu kitob insonga o'ziga tashqaridan to'liq nazar solishni va bugungi holatiga kelib qolishiga aynan nimalar sabab bo'lganligi haqida to'liq tushunchalar beradi. Hamda barcha insonlarni nega aynan shunday ko'rinish va xarakterli ekanligini tushunishni o'rgatadi.
3) "Bu sizdan boshlanmagan"
Bu kitob ota ona bilan munosabatlarni yaxshilashda va sulolaviy dasturlardan qutilishda haqiqiy mo'jiza ko'rsatadigan kitobdir. Uni yig'lamay o'qishni iloji yo'q!
O'sha har bir tomchi ko'z yoshingiz siz va ota onangizga bogʻliq bo'lgan ichingizdagi negativ karmalarni yuvilib tashqariga chiqish jarayonidir. Kitobni o'qib tugatgan inson ota onansiga butul boshqa ko'z bilan boqishni boshlaydi!
Albatta boshqa kitoblar ham o'ziga hos juda foydali kitoblardir. Lekin meni shaxsan o'zimga, dunyo qarashimga eng yaxshi ta'sir etganlari shulardir. 👍
Umid qilamanki, bu kitoblar kanalimizning boshqa kitobxonlariga ham ijobiy ta'sir eta olgan🙏
Psixologik kitoblar👈
Murojaat uchun 👉 @m_vakkosov
@muzqffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1693