tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1705
Last Update:
Karmani poklashdagi eng katta to'siq Egodir!
Ko'plab psixologik mutaxassislarda kuzatiladi: ba'zi insonlarga ularni o'zlari ko'rolmagan dunyo qarashlaridagi xatolarini tushuntirsangiz, ular "Yo'q aslida seni gaping noto'g'ri, meni qarashlarim esa o'zi to'g'ri" degandek sizni qabul qilishni istashmaydi. Vaholanki unday insonlar hayotida baxtsizlik va yetishmovchiliklar sodir boʻlayotgan bo'lsa ham asl haqiqatlarni to'g'ri deb qabul qila olishmaydi.
Buning sababi, ya'ni odamlarga boshqacha qarashni anglashga to'sqinlik qilayotgan narsa, bu ularning Egosidir!
Ego o'zida insonning tug'ilganidan boshlab ko'rgan kechirgan voqealari va odamlar, hamda tabiat bilan munosabatlardagi tajribalari asosida hayot va o'z shaxsiyati haqida tushinchalarini o'ziga xos informatsiyalar bilan to'ldirgan illyuziyaviy qobiqdir.
O'sha qobiq ichidagi informatsiyalar esa, huddi robotni miyasida uni nima ish qilishi haqidagi dasturiy taʼminoti bo'lgani kabi, insonning karmasiga ko'ra harakat qilishga yetaklovchi dasturiy taʼminotdir.
Ba'zi insonlarga o'zi va boshqalar haqidagi qarashlaridan xulosa qilib, siz buday dunyo qarashingiz oqibatida kelajakda "shunday" voqealarga va "bunday" kasalliklarga duchor boʻlishingiz mumkin deb aytsam: "Buni qayerdan bilasiz?, karmani qanday ko'rasiz?" deb ishonqiramay kulib qo'yishadi.
Ego bu inson shaxsiyatini himoyalovchi qobiq ekan va inson shaxsiyati, hamda xarakteri o'sha odamning karmasiga yetaklovchi informatsiyalar to'plami ekan. Bu ilmlarni chuquroq o'rgangan inson, odamlar bilan suhbatlashish davomida hozirgi qarashi qanday sabablarga koʻra shakillanganiyu, kelajakda bu qarashlari oqibatida nimalarni boshdan kechirishi mumkinligini anglay oladi.
Demak, Ego bu faqat kibrlanish yoki hudbinlik emas, ego keng ma'noda o'zingiz va hayot haqida tushunchalaringizdir. Agar siz yo'qotishdan, qorqsangiz yoki o'zingizga ishonchingiz past bo'lsa ham, agar sizga o'zgarishingiz haqida kimdir gapirganida siz yo'q bu noto'g'ri deb o'z hayot tajribalaringizdan olgan e'tiqodingizni himoya qilishga kirishsangiz, bu ham karmangiz informatsiyasini saqlashga urinayotgan Egoning ishidir!
E'tibor berganmisiz? Odamlar qachon birdan o'zgarib qolishadi? Huddi egosi birdan parchalanib ketgandek bo'ladi?
Qachonki o'sha qobiq ichidagi informatsiyalar xato ekanini koʻrsatuvchi voqealarni boshdan kechirishganida, yoki ko'plab ilmlar olish orqali, ya'ni bunda ham o'sha e'tiqodlari xato ekinini chuqur anglashlari orqali o'zgarishlari mumkin bo'ladi.
Demak karmangizni og'ir oqibatlarini boshdan kechirmasdan ham poklanishingiz mumkin. Bu esa, e'tiqodlaringizni xato ekanini tushuntirib beruvchi va sizga asl pok e'tiqodlarni singdiruvchi insonlarni gaplarini yoki shunday kitoblarlardagi ilmlarni qabul qilish bilan sodir boʻladi.
Buning uchun esa, avvalo Egoingiz illyuziyaviy devorini parchalab tashlashingiz kerak.
Demak, Egoni eritib tashlash bu karmani poklashdagi eng muhim qadam ekan!
Unutmang: Kimda qanchalik Ego kuchli bo'lsa, U shunchalik karmasining oqibatlariga ogʻirroq javob berishga majbur boʻldi.
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1705