tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/271
Last Update:
"Uchinchi uyg‘onish davri"
Ko'plab millatdoshlarimni muhojirlikda azoblanishini ko'p guvohi bo‘lganim bois, o'z oldimga oliy maqsad sifatida bu millatni yana qayta uyg‘onishiga hissa qo'shishni belgilab olganman..
So'nggi vaqtlarda o‘rgangan ilmlarimdan shuni hulosa qilishim mumkinki...
Buyuk avlod shunchaki kelib qolmas ekan...
Karmik qonuniyatlarga ko'ra ulkan hayotiy missiyasi bor ruhlar faqat o'sha missiyasiga sharoit yaratib beradigan oilalardagina dunyoga keladi ekan.
Hamda bunday insonlar missiyasini to'liq bajarishga sharoit mavjud jamiyatlargagina tug‘ilishadi ekan...
Demak agar biz yana buyuk millatga aylanishlikni istasak, avval o‘zimiz shunday zotlarga mos ota onalarga hamda jamiyatga aylanib olishimiz kerak ekan.
Xalqimiz orasida buni anglaydigan va shunday buyuklarni tarbiyalashga qodir bo'lgan oilalarni ko'payishi uchun esa albatta dunyo haqida va buyuklarni tarbiyalash usullari haqida bilimlarga ega insonlar ko'payishi kerak.
Shu maqsadda endi. Buyuk insonlarni yetishtirish bo'yicha butun dunyoga o'rnak bo‘lgan millatni, farzand tarbiyalash usullari haqidagi kitobni ham tayyorlamoqchiman.
InshaAlloh bu orqali tariximizdagi "Uchinchi uyg‘onish davri" vujudga kelishiga oz bo'lsa ham o‘z hissamni qo‘shishga umid qilaman🙏
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/271