tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/396
Last Update:
Kelajagingizga xiyonat qilmang!
#munosabatlar
#aura
#farzandlar
Ba'zi diniy ma'ruzalarda biz qanday bo'lsak bizga ham shunday juft nasib etishini aytishadi.
Tabiiyki ko'plab buzuqlik ishlarini qilib yurib yakunda iymonli va oqila qizga uylangan yigitlar bu ma'ruzalarda mantiq yo'q ekanini aytishib o'z ayoli odobli ekanini ko'rsatishadi..
Keling ushbu postda bu ma'ruzalar zamiridagi haqiqatlarga borliq qonunlari asosida nazar solamiz va o'zimiz uchun nomahram bo'lgan qarama qarshi jins vakillari bilan munosabatlar bizga va kelajak avlodlarimizga qanchalik zararli ekanini anglab olamiz.
Har birimizning biomaydonimiz(yoki aura) bizni o'tgan hayotimiz va bu hayotda yoshlikdan ko'rgan kechirgan turli voqealarga bizni reaksiyamiz hamda suloladan o'tib kelayotgan turli informatsiyalar bilan to'lgan.
Biz o'zimizga tuygʻular darajasida yaqin insonlarga o'sha o'zimizdagi informatsiyalarni yuqtiramiz va ulardan ham bizga yuqadi.
Demak qachonki biz nomahramlar bilan shaytoniy sevgi muhabbat o'yinlariga kirishganimizda biz ulardagi ko'plab karmik negativlarini bir qismini o'zimizniki qilib olamiz. Qanchalik ko'p odamlar bilan sevgi o'yinlariga kirishsak shunchalik o'z auramizni negativlashtiramiz.
Ayniqsa munosabatlar to'shakkacha borsa. Bu u odamni ta'siri butun kelajak avlodlarni bulg'aydi deganidir.
Endi to'ygacha ko'plab shunday munosabatlarda bo'lgan yigit yoki qiz. Oila qurganidan so'ng u o'z jufti bilan nafaqat tana darajasida balki nozik darajada ham birlashadi va informatsiyalar almashinadi. Natijada yomon ishlar qilgan yigit pok bo'lib yurgan kelinni ham nozik darajada negativ istaklar bilan zararlaydi...
Natijada oila qurganidan keyin yaxshi tarafga o'zgarmasa juftini ham shu buzuqliklarni qilishiga sabab bo'ladi.
Demak ma'ruzalardagi haqiqat shuki biz qanday bo'lsak juftimizni ham shunday qilib qo'yamiz.
Bundan tashqari bizni har bir informatsiyalarimiz farzandlarimizga ham yuqadi. Demak buzuqlik ishlarini qilib yurgan har bir hali oila qurmagan yigit yoki qiz bilishlari kerakki bu ishlarini kelajak avlodga ham meros qilishayotganini. Qanchalik ko'p buzuqlik qilib (hatto shunchaki oddiy munosabatlarda ham) ko'p odamlarni negativlarini o'zimizga olsak shunchalik kelajakdagi Juftimizni va farzandlarimizni kirlatayotgan bo'lamiz.
Bu jarayon oilalilar xiyonatida ham shunday ishlaydi. Shu sabab insonga rashk tuyg'usi berilgan. Bu tuygʻu nozik darajadagi negativ energiyalarni sezadi va natijada rashk uyg'onadi. O'sha negativlikni tozalash uchun!
Azizlar biz qachonki hali oilali emasman deb shayton quliga aylanib shahvoniy sevgi o'yinlariga berilib ketsak, kelajakdagi juftimizga xiyonat qilayotgan va bo'lajak farzandlarimizni ham zaxarlayotgan bo'lamiz!
Pok insonlargina buyuklarni tarbiyalay oladilar. Millat kelajagi uchun ham o'zimizni pok saqlashimiz kerak 🙏
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/396