tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/568
Last Update:
"Diplom illyuziyasi"
Menimcha bu illyuziya faqat Sobiq Ittifoq davlatlaridan ajralib chiqqan xalqlarda bor bo'lsa kerak holos.
Kommunistik tizim xalqni bir qolibda ushlab turishga mo'jallangan tizim edi.
Davlat siyosatiga sodiqlarni tayyorlash maqsadida davlat oliy ta'limni o'z nazoratiga olib u yerdan o'z sistemasiga moslab odamlarni yetishtirib chiqarar edi.
Xalq orasida turli dunyo qarashdagi odamlar bo'lmasligini uchun va xalqda, faqat davlat siyosatiga hos tarzda fikrlaydiganlar yuqori natijalarga erishadi ekan degan ishonchni Uygʻotish uchun. Davlat o'z sistemasi asosida o'qib Diplomli bo'lganlargagina yuqori lavozimlar berar edi.
Kommunistik tizim sabab hech qanday hususiy tadbirkorlik ham yoki boshqa qandaydir davlatga qaram bo'lmagan soha mavjud bo'lmagani bois, odamlar ongiga muvaffaqiyat kaliti bu Diplom degan tushuncha chuqur oʻrganishgan edi.
Mustaqillikdan so'ng Davlat Kapitalizm sistemasiga asoslangan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishiga qaramay, Xalq ham davlat tepasidagilar ham o'sha eski sistema odamlari bo'lgani bois, baribir eski ongdan to'liq qutilolmadi va davlat siyosatida ba'zi jabhalarida kommunistik tizimga hos tarzda davlat monopoliyasi saqlanib qoldi.
Natijada Oliy ta'lim muassasalari o'sha eski tizm bo'yicha ishlashda davom etti va bu tizimga moslangan xalq ham o'sha "Diplomsiz muvaffaqiyat yo'q" degan suniy illyuziya ongida qolib ketti.
Endilikda sekin asta asl bozor iqtisodiyoti nima ekanini anglagan yuqoridagilar Xususiy sohalarga ham ancha yo'l ochib berishmoqda va sekin asta ko'plab sohalar davlatga qaramlikdan chiqmoqda.
Maktab va Oliy taʼlimda ham Xususiy maskanlar soni ortmoqda. Va bu jarayon keyinchalik to'liq Xususiylashigacha ham yetib boradi.
Dunyoni Rivojlangan mamlakatlarda odamlarni diplomiga emas, ularni qobiliyati o'ziga ishonchiga qarab ishga olishadi. Chunki bu mamlakatlarda deyarli barcha soha xususiydir shu sabab kompaniya uchun ishchisini foydalilik ko'rsatgichi eng muhimidir.
Endilikda bizda ham shu jarayon kuchaya boradi. Shu sabab eski ong bilan farzandlarini diplom illyuziyasiga qaram qilib tarbiyalayotgan ota onalar anglashlari kerakki. Endi bu "Kardon qogʻoz" emas farzandingiz iqtidori muhimroqdir.
Bugun ko'plab yoshlarimizga e'tibor bersak. Shu illyuziya ta'sirida, asosiysi o'qishga kirib olsam bo'ldi deb, o'zi qiziqmagan soha bo'lsa ham muhimi bali kam ekan deb 4/5 yil umrini va millionlab pullarini hamda hatto butun umrini xazon qilayotganlar ko'p ekanini ko'ramiz.
Va yana ba'zilarda davlat ishida stabil daromad bor keyin ertaga pensiyaga chiqsang pul o'zi kelib turaveradi degan qarash ham bor. Shundaylarga qisqagina gapim bor "Siz o'ziga ishonmaydigan Qo'rqoqsiz!"
Davlat ishiga siz kabi o'z himoyasini ko'zlaganlar emas, xalqni ko'taraman degan mardlar kerak!
Boylik bo'yicha avvalgi postlarda angladikki, odam qachonki o'z qalb kasbida faoliyat olib borsa o'zidan jamiyatga ko'proq energiya berishini va bu o'z o'zidan jamiyat farovonligini taminlashini.
Demak endi Davlatmizni yana ham tezroq rivojlantirishimiz uchun. Biz hayotiy maqsadlarimizda Dimplomni yoki boshqa tashqi qanaqadir sabablarni emas, o'z qobiliyatimizga asoslangan katta maqsadlarni ustivor qilishimiz kerak.
Shunda inshaAlloh ulkan natijalarga erishamiz!
Katta hayotga qadam qo'yish arafasidagi tanishlaringizga jo'natib qo'yishingiz mumkin 👍
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/568