tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/579
Last Update:
Farzandlar iqtidorini ko'ra olmaslik...
Bu millatimiz uchun eng muhim mavzulardan biridir. Ongi Jamiyat dasturlari tubida qolib ketgan odamlar u yoqda tursin, hatto hozirda ko'p ilmlar o'rganib ota onasini yoshlikda meni qo'llamagan deya yomon ko'rayotganlar ham aslida bugun o'zlari qaysidir darajada farzandlarini bloklayotganini sezishmaydi...
Umuman olganda farzandlar iqtidorini ko'ra olmaslikni asosiy sababi bu ota onalarni ong darajasi cheklanganigiga bogʻliq.
Chunki bugun xalqimizning kattagina qismi tana ongi darajasida, ya'ni tirikchilik va odamlarga yaxshi ko'rinish darajasidagi chegaralarda qolib ketmoqda. Bu ongga esa o'zlari shu ongdagi ota onadan tarbiya olganligi va atrofidagi jamiyat ham shu ong chegarasida ekanligi sababdir.
Biz qachonki bu chegaralardan yuksalgan insonlar davrasida va yoki shunday dunyo qarashi keng insonlarni ilmlarni o'rgansakgina jamiyatni bu dasturlaridan chiqqan holda hayotni asl mohiyatini anglay olamiz. Natijada farzand nima ekanini va uni Alloh bejiz yaratmagan ekanini yuqori qonuniyatlarini anglaymiz. So'ng farzandlarimizdagi o'zgarishlarni to'g'ri taxlil qilolamiz va ularni iqtidorini cheklangan ong chegaramizda cheklamay aksincha ularga o'z iqtidorini yana ham rivojlantirish uchun imkon berolamiz.
Farzand voyaga yetgan davrgacha ota onasi ongi chegarasida tarbiyalanadi. Ya'ni o'rtacha 20 yoshgacha ota onasi ta'siri darajasida dunyo qarashga ega bo'ladi.
Bolalar iqtidori esa 7/15 yoshgacha allaqachon namayon bo'lgan bo'ladi.
Endi Hurmatli ota onalarga bir misol. Agar farzandingiz 20 yoshgacha o'z iqtidorida biror bir kattaroq ishni amalga oshirolmagan bo'lsa demak Siz uni iqtidorini bloklamoqdasiz!
Bu vaziyatda siz o'z hayotingizga nazar solib tafakkur qilishingiz kerak. Siz o'z ongingiz darajasida yashab hayotda nimaga erishdingiz? Agar aytarli hech qanday javob kelmasa, endi aytingchi sizni ongingiz bilan yashga majburlayotgan farzandingiz bu ssenariyni takrorlab kim boʻladi?
Agar siz farzandlaringiz siz erisholmagan kattaroq yutuqlarga erishishini rostdan ham istasangiz ularga sizni ongingiz chegarasidan tashqariga chiqishga imkon bering. Aynan shu ular uchun eng katta ko'magingiz bo'ladi.
Unutmang har bir avlod avvalgisidan kengroq fikrlay oladi va sizni farzandingiz siz ko'rolmagan ertani ko'roladi. Shu sabab unga ishoning va doim qo'llab quvvatlang. Shunda ular sizni sulolangiz erisholmagan darajaga erisholadilar. InshaAlloh!
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/579