tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/582
Last Update:
Ota-onaga nafrat bu o'zimizga nafratdir!
#sulola_karmasi
#oiladagi_muommolar
#farzandga_munosabat
Bu postni albatta o'qing! Chunki har bir insonda ozmi-ko'pmi o'zidan avvalgilarga nisbatan qaysidir ishlari uchun nafrat va gina mavjud bo'ladi. Siz bundan tozalanmas ekansiz sizni avlodlaringiz ham ertaga sizni hayot tarzingizdan nafratlanadi.
Ko'plab postlardan biz angladikki biz o'zimizdan avvalgi ajdodlarimiz darajasida bo'lganimiz uchungina aynan shu sulolada tugʻilishimizni. Ya'ni biz tugʻilganimizdan so'ng o'z tanamizga ota onamizdan nafaqat bir xil Gendagi tana hujayralari olamiz, balki o'z Ota onamizni nozik darajadagi energiya informatsiyalarini ham bir bo'lagiga aylanamiz.
Demakki biz ular bilan aslida qo'pol moddiy tanada ham nozik energiya darajasida ham aslida bir butun Tanamiz!
Estafeta yugurish sportida guruh a'zosi ma'lum masofani bosib o'tgach tayoqchani guruh missiyasini bajaruvchi keyingi jamoadoshiga beradi va u vazifani davom ettiradi...
Odamzod ham shunga o'xshash sulolaviy missiyaga ega va har bir ma'lum sulola davomchisi shu avlodni Yangi yana ham yaxshi darajaga chiqarish uchungina keladi.
Bu bir vaqtda ham o'zini ham avvalgi ajdodlari ruhlarni poklanishiga ham hissa qo'shishdir!
Islomda bejizga agar sizni avlodingizdan butun xalqni Xudoga yaqinlashishiga xizmat qiluvchi Allohga yaqin inson tugʻilsa u o'zidan avvalgi 7 ajdodini jannatiy bo'lishiga sababchi bo'ladi degan hadislar mavjud emas. Sababi biz o'z ajdodlarimiz va avlodlarimiz bilan bir tanamiz.. Bizni poklanishimiz, bizdan avvalgi 7 va keyingi 7 avlodga ta'sir etadi!
Tomos Edison elektr Lampa ixtiro qilish uchun 1000 dan ortiq tajriba o'tkazganini ko'pchilikka sir emas.
Uning 500 - tajribsi ham muvaffaqiyatsiz yakunlanganida shogirdlari unga: balki to'xtatarmiz shuncha harakatimiz befoyda ketmoqda, odamlarga foydali hech nima qilolmadik deganida Edison ularga aytgan ekan: biz hozir ham insoniyat uchun foydali ish qilmoqdamiz, to'g'ri lampa ixtiro qilolmadik ammo biz butun o'zimizdan keyingi insoniyat uchun 500 ta usul foydasiz ekanini isbotlab beroldik, degan ekan!
Har bir odam insoniyat tobora taraqqiy etishi va poklanishi zanjiriga hissa qo'shish uchun bu dunyoga keladi. Hali biz yakuniy darajaga kelmadik, shunday ekan bizning vazifamiz bizdan avvalgilarni biz uchun o'z hayotlarida sinovdan oʻtkazib ko'rsatib bergan hayot tarzidan saboq olib uni yana ham yaxshi darajaga olib chiqishdir!
Bizni ota onalarimiz qanday bo'lishgan va yashashgan bo'lishlaridan qatiy nazar ular o'z vazifasini bajarishgan holos. Agar bugun siz ularni hayot tarzidan ko'plab kamchiliklar topayotgan bo'lsangiz unda aslida ularga rahmat ayting. Chunki ular sizga shunchalik ko'p tajribalar befoyda ekanini anglatish uchun butun hayotlarini qurbon qilishgan ekan.
Siz ulardan nafratlanish bilan vaqt oʻtkazmay ularga bu saboqlari uchun minnatdorchilik bildirib insoniyat va o'z sulolangizni yangi darajaga chiqarish uchun harakatlarni boshlang.
O'zingizga xatolar qilishga imkon bering, bu farzandingiz uchun juda muhim. shunda boshqalarni ham xatolar qilishiga imkoni bor ekanini qabul qilasiz. Va ota onangizga o'chakishib ideal bo'lishga o'zingizni majburlash bu o'z borligingizda yashamaslik va o'z imkoniyatlarigizni boricha ko'rsatolmaslikka olib kelishini anglaysiz.
Shuni to'g'ri qabul qilishingiz kerakki bir kun kelib baribir sizni farzandlaringiz sizni hayot tarzingizdan kamchiliklar topadi. Bu holatda aksincha hursand bo'ling chunki ularga sulolani qanday yaxshilash bo'yicha ko'plab tajribalar ko'rsatib berolgan bo'lasiz!
O'sha vaqtda ularni sizga munosabati salbiy bo'lmasligi uchun bugun siz o'z ota onangizni sizga qoldirgan tajriba merosiga minnatdorchilik bildiring!
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/582