tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/709
Last Update:
Sizning farzandingiz "Orginal"!!!
Deyarli barcha o'zbek oilalarida shunday odat borki, bolasini kimgadir solishtirib unga tarbiya berishga urinadilar.
"Qara qo'shni bola, unday qildi, shunga oʻxshasang bo'lmaydimi?, qara falonchi tenquring bunday ishlarni qiladi shunga oʻxshasang bo'lmaydimi?" kabi, to'g'rimi?
Natijada o'zini ichki asliyatini ko'rsatib yashash noto'g'ri ekanini his etgan bunday bolalar o'zligini bloklab kimgadir o'xshashga intilishga majbur bo'ladi. Alloh esa unga kimdir bo'lish emas, o'ziga hos bo'lgan qobiliyat bergan holos.
Shu bois bunday bosmlar bilan o'sgan bola hayotida na o'zi na bosha odam bo'lolmay, nega bu hayotda mavjud ekanini anglolmay, oqimda oqib ketayotgan barg kabi jamiyat qayoqqa yetaklasa shu yoqqa oqadigan 60/70 kiloli hechkimga foydasiz jasad bo'lib yashashga majbur bo'lib umrini o'tkazadi holos!
Bugun O'zbekiston degan fabrikada, bunday voyaga yetgan bo'lsa ham, o'zigini hali topolmagan va qo'lidan hech bir ish kelmaydigan 60/70 kiloli quruq jasadlar millionlab yetishtirayotgani sabab ham, bugungi davlatimiz iqtisodi harob ahvolda!
Azizlar bizni har birimizni Alloh Original qilib yaratgan! Agar kim bilandir bir xil bo'lishimiz kerak bo'lsa bizni yaralishimizdan nima ma'no? Shundoq ham borku bitta bunday odam nega biz ham u kabi bo'lishimiz kerak?
Alloh sizni har bir farzandingiz uchun alohida hech kimda yo'q iqtidor va hususiyat bergan. Farzandingizni kelajagidagi asl muvaffaqiyati aynan shu o'z qobiliyatlari asosida yashashidadir!
Bir misol: sizni qaysidir kasb egasiga ishingiz tushdi. Siz o'z kasbini ustasi va ishini sevib bajarib o'zidan yangiliklar yaratib sizni hursand qiladigan "masteri" oldiga borasizmi, yoki u kasbda shunchaki tirikchilik sabab, zorg'a ishlagisi ham kelmay harakat qiladigan odam oldiga borasizmi?
Endi o'ylab ko'ring-a, siz o'zingiz anglamagan holda farzandingiz asliyatini bloklashga qaratgan bunday tarbiya usulingiz bilan qanchalar uni kelajagini barbod qilmoqdasiz?!
Uni kelajakdagi muvaffaqiyatlarini bloklash o'rniga uni "Orginal" ekanini qabul qilib, unga ham buni o'qtirib, uni asl qobiliyatlarini namoyon qilishga kumaklashish orqali tarbiyalasangiz. Siz, o'z kasbini Buyuk va hammaga mashhur vakili bo'lgan insonni jamiyatga yetishtirayotgan bo'lasiz! InshaAlloh!
Unutmang, farzandingiz sizni "jamiyat ongi bilan kirlangan" Egoingiz istaklarini emas, Yaratganni istaklarini bajarish uchun bu olamga kelgan!
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/709