Telegram Web
Mustaqil ijodkor yoshlar birlashmasi, Book.uz hamkorligidagi

Ochiq mikrofon loyihasining bayram sonini kutib oling!

🔥 Kecha mehmonlari

Xosiyat Rustamova
Go‘zal Begim
Mehrinoz Abbosova
Go‘zal Ro‘ziyeva
Bashorat Otajonova
Tillaniso
Feruza Xayrullayeva
Nozima Xabibullayeva
Kumush Abdusalomova
MohiRa
Nilufar Ergasheva

Boshlovchilar: Alisher Sabriy va Shavkat Do'stmuhammad

Keling, tinglang, his qiling! O‘z she’r va hikoyalaringiz bilan ishtirok eting.

9-mart, 17:00
📌 Book.uz (Qatortol)

https://www.tgoop.com/ochiq_mikrofon
Forwarded from Shohista Alijon qizi
OPEN MIC ijodkorlari, ruhan yayrashimga sababkor bo'lganingiz uchun rahmat!  Odamni ketgisi kelmadi.  Erta tugatib qo'yganingiz uchun shikoyatim bor!)))
Dekoratsiya, rekvizitlar,  xullas,  g'oyaga gap yo'q!  She'r o'qigan shoirlarga ham tashakkurlarim!


Kamera sifatsiz oldi. Ammo she'r sifatli edi. Nozimani, avvalo, shaxsiyatini hurmat qilaman! Va ko'ngli kabi toza she'riyatiga ham borgan sari mehrim ortmoqda.
Sitorai Mohi xosa ga bag'ishlab o'qiganingiz yuragimning xotirasida qoldi! Go'zal she'r!..
Yana bo'lsa, yana tinglar edim...))

https://www.tgoop.com/NISAN_8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa

Siz qaysi haqiqatni izlab yashayabsiz? Va parcha qaysi asardan?

P/S: Oxirgi marta "Iqrornoma" dan keyin shunaqa revolyutsiyaga uchragandim.

@Nozima_Habibullayeva
#mutolaa

Agar xudo bo‘lmaganda edi, sultonim, – dedi u sekin, – biz uning to‘g‘risida gapirishmas edik. Biz nima va kim to‘g‘risida gapirishdik? Sen kimni inkor qilding? – dedi u to‘satdan g‘olibona jiddiyat va tantana bilan. – Xudo bo‘lmasa, uni kim o‘ylab chiqaribdi? Bo‘lmasa, nega senda shunday tushunib bo‘lmaydigan bir vujud bor degan taxmin paydo bo‘lgan ekan? Bo‘lmasa, nega sen va butun olam shunday aql-idrok yetmaydigan qudratli va o‘zining butun xislatlari bilan abadiy va benihoya bir vujud bor deb taxmin qiladi? – dedi mason va uzoq jim qoldi.

Pyer so‘z qotishni istamadi va so‘z qotolmadi.
Mason ichki hayajondan tek turolmagan qo‘li bilan oldidagi kitobni varaqlar edi.

Xudo bor, lekin uni anglash mushkul, – dedi yana mason Pyerning aftiga qarab. – Xudo odam bo‘lsayu sen uning borligiga shubha qilganingda edi, men uning qo‘lidan ushlab, oldingga olib kelib ko‘rsatar edim. Lekin men, bir ojiz banda, uning butun qudratini, abadiy ekanligini, butun lutfu karamini ko‘rga yoki uni ko‘rmaslik va bilmaslik uchun o‘z razolatini, jaholatini ko‘rmaslik va tushunmaslik uchun ko‘zini yumgan kishiga qanday qilib ko‘rsatolaman? – u yana jim qoldi. – Kimsan o‘zing? Nimadan iboratsan? Shunday kufr so‘zlarni so‘zlay olganing uchun o‘zingni donishmand deb o‘ylaysanmi, – dedi mason zaharxanda qilib. – Sen juda hunarmand usta yasagan soatning qismlarini o‘ynab o‘tirib, bu soatning nimaga kerakligini bilmagani uchun ustaning borligiga ham ishonmaydigan boladan ham nodonroq, befahmroqsan.

Xudoni bilmoq qiyin. Biz asr bo‘yi, Odam Atodan boshlab shu kungacha uni bilishga tirishib kelmoqdamiz, lekin bu maqsadga erishmoqdan hali benihoyat uzoqdamiz, uni anglamaganimizga sabab o‘zimizning ojizligimiz-u uning buyukligidir...

"Urush va tinchlik", Lev Tolstoy
_____

@Nozima_Habibullayeva
Forwarded from Duel
#Mushoira
#Ijodiy_gurung

❗️24-mart soat 20:00 da “Duel” loyihasining 2021-yil g‘olibi Shahriyor Shavkat va Respublika bosqichi ishtirokchisi Nozima Habibullayeva bilan onlayn suhbat o‘tkaziladi.

📝 Mavzu: “Duel”ning yoshlar she’riyatiga ta’siri

Suhbatimiz barcha uchun ochiq va erkin tarzda bo‘lib o‘tadi. Ijodkorlarimizdan miriqib she’r tinglashingiz, savollaringiz bo‘lsa bemalol yo‘llashingiz mumkin.

📣 Barcha she’r ixlosmandlarini chorlab qolamiz!

👉 @duelloyihasi
Forwarded from JADID media | rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Duel
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔈Nihoyat, uzoq kutilgan “Duel” loyihasining yangi mavsumi boshlandi!

📱Umumiy mukofot jamg‘armasi 424 million so‘m!

Tanlov barcha viloyatlar bo‘ylab faqat nazm: kattalar va bolalar she’riyati yo‘nalishida ijod qiladigan 15–30 yosh oralig‘idagi shoirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

🏆 Respublika bosqichi g‘oliblari: 1-o‘rin – 50 mln. so‘m; 2-o‘rin – 40 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🖥 Ishtirok etish uchun Tanlov nizomi bilan batafsil tanishib chiqing va belgilangan tartibda o‘z arizangizni yuboring.

✉️ Arizalar 29-apreldan 29-maygacha @duel_ariza_bot orqali qabul qilinadi.

⚠️Nizomda ko‘rsatilgan talabga javob bermaydigan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Murojaat uchun tel: +998956622024

🫥Loyiha haqida chekka hududlardagi iste’dodlar ham xabar topishi uchun o‘z hissangizni ayamang. Tanlov e’lonini shaxsiy sahifalaringizda ulashing. “Duel” maydoniga eng munosiblarni chorlang!

📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahbuba Axmedova_Yaxshiyam siz borsiz
<unknown>
Yaxshiyam siz borsiz,
Yaxshiyam so'z bor...


Nozima Habibullayeva
🎤Mahbuba Ahmedova

@Mahbubaning_kundaligi
* * *

Бу йил қизғалдоққа чиқмоқчи эдик,
Куттирдик,
тун чўкди бағирларига.
Апрел қайтиб кетди, дутори куюк,
Маҳзун қўшиқ сочиб адирларига.

Турналар кўриниш бермади ахир,
Қўл чўзи-иб ҳайқирдим боботоғларда.
Тушимда кулгингни чаккамга тақиб
Арғимчоқ учибман жануб ёқларда.

Бу осмон – тилаклар кетгувчи қутб,
Муждалар тўкилар тўлётган майга.
Ўсмалар қўйсам-у,
йўлларим кутиб
Яшил шаҳарларнинг қоши қорайган.

Соғинчлар чулғаса елга ашъор айт,
Кўнглим тўқ, фақат сўз маҳбубларингдир.
Қуёш ёниб кетсин, кўпроқ исинай –
Варрак қилиб учир мактубларингни

@Nozima_Habibullayeva
Nozima Habibullayeva (1)
<unknown>
Tushimda kulgingni chakkamga taqib,
Arg‘imchoq uchibman janub yoqlarda...

Nozima Habibullayeva
🎤 Durdona Ubaydullayeva

@Nozima_Habibullayeva
Tasodiflar biram go‘zal bo‘ladi-ye...
Dahoning asarini bo‘lajak daholar mutolaaga tayyorladik. 😊
So‘z yo‘lida, qalb yo‘lida hamisha butunmiz.

P/S: https://mutolaa.com/692 orqali o‘qishingiz mumkin.
Yoki asardan sevimli jumlalaringizdan iqtibos ilinib o‘ting.

@Nozima_Habibullayeva
Forwarded from Guljamol Asqarova
Эй Бухоро

Гарчи башар руҳидек қадим,
Лекин, яшнаб турар гужумлар.
Самарқандда Бухорони деб,
Юлдуз қурир аҳли нужумлар.

Чорлайверар кўҳна Чор Бакир,
Нақшбандий нақш солар руҳга.
Ғиждувонда бошласанг такбир,
Икки дунёнг тўлар шукуҳга.

Етти пирин етти кун кезиб,
Руҳимдаги ишқни уйғотдим.
Ўн иккита дарвозасини,
Ўн икки ой қўриқлаб ётдим.

Ёр жамолин излаб жунуним,
Аршга чиқди Арк зинасидан.
Ҳар  мадраса, минор пичирлар:
"Бухоронинг энг кўҳнасиман! "

Май ойида кезингсанг тунда,
Сархуш боқар сархуш юлдузлар.
Нур таратар йигитлар бунда,
Қуёш билан дугона қизлар.

Минораи калонни қучиб,
Ғиштларига лаб боссанг секин.
Ҳар бир ғиштга берилган гўё,
Мағрурлик ва мангулик чеки.

Сенга келсам нур чўлғар мени,
Эй сен маҳваш, эй сен дилоро.
Ўн саккиз минг олам ичинда,
Яна битта олам Бухоро!


Туш

Йиллардирки, тош ботар жонга,
Асрларки, аянч аҳволим.
Тушларимда  Қўқон томонга,
От солдириб кетар бир золим.

Гул водийда, довон ортида,
Яшар эркдан туғ тутган ҳаёл.
Қиличдан ҳам ўткир бир хоним,
Шамолдан ҳам озод бир аёл.

Озод аёл, шоир аёлнинг,
Руҳин эркка тўйдириб бўлмас.
Жаҳолатни ўлдирса бўлар,
Малоҳатни ўлдириб бўлмас.

Гулзор кезар тушларим ичра,
Гул Нодирам, гул Моҳлар ойим.
Бу дунёда Бир Худойимдан,
Ишқдан бошқа не хоҳлар ойим?

Боқсам Бухор кўчаларида,
Шеър излайди Шаҳриёр Шавкат.
Шаҳриёрга Нозима Ҳабиб,
Лаби билан ёзганмиш дастхат.

... Яна умид уйғонар руҳда:
Ишқ боғини сўлдириб бўлмас!
Жаҳолатни ўлдирса бўлар,
Муҳаббатни ўлдириб бўлмас!

... Шу умидда сенга келдим мен,
Эй оламга безак, эй оро.
Мен Насрулло йўлини тўсиб,
Тўхтатгали келдим, Бухоро.

Ва Тўмарис руҳини кийдим,
Қўрқар ҳар Кир, ҳар қандай Доро.
Мен Насрулло қиличларини,
Синдиргали келдим, Бухоро.

Эй ишқ қадар кўҳна дилбарим,
Эй сен маҳваш, эй сен дилоро.
Завол топма қиёматда ҳам,
Муҳаббатдек мангу Бухоро!

22-23 май. 2024 йил.
Бухоро.

@Guljamol_Asqarova
YUK

Bu tugun —
Shahlo ko‘zlari ko‘kargan,
Bir qo‘lida bola ko‘targan
Loy ko‘chadan takror o‘tarkan,
Joni palaxmonidan uchqur
Ayolniki.

Bu to‘rva —
Burchida bir burda qotgan non,
Qotganidan uch kun o‘tgan non,
Qor kuraydi, yuragi vayron,
Vatanida mo‘ltirab to‘rt jon.
Qozonida qaynatgan sho‘rva,
Halolniki.

Bu chamadon —
Qotgan nondek tarasha, taqir,
Qullariga qul bo‘lgan, asir,
Cho‘ntagi hasharga muntazir,
Umri bo‘yinbog‘idan arzon,
Zavolniki.

Bu savat
Yeb-ichardan bo‘lak dardi yo‘q,
To‘ylarining pirovardi yo‘q,
Davrasida biror sarti yo‘q,
Hashamatdan ortiq xarji yo‘q,
Isroflari qavatma-qavat
Hammolniki.

Bu she'r—
Tutqichi yo‘q og‘riqlar haqda,
Og‘rig‘iga bog‘liqlar haqda,
"Qodir esang uyg‘ot"-u,shartta,
Qay birini ko‘tarayin der,
Xayolniki...

@Nozima_Habibullayeva
2024/09/21 09:56:44
Back to Top
HTML Embed Code: