tgoop.com/oriftolib/3892
Last Update:
Turkiy xalqlarning umumiy alifbosi tasdiqlandi
Oyina.uz yozishicha, Bokuda Turkiy dunyoning umumiy alifbosi boʻyicha komissiyaning 3-yigʻilishi yakuniga yetdi. Unda 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo tasdiqlandi.
Yigʻilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo barcha mamlakat vakillari ishtirok etdi. Unda 1991-yili olimlar taklif qilgan, lotin yozuviga asoslangan alifbo boʻyicha dastlabki loyiha qayta koʻrib chiqildi.
Yangi alifboning har bir harfi turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni aks ettiradi.
🟢 Bu harflarning hammasi oʻzbekchaga kerak boʻlmaydi-ku degan eʼtirozlar tugʻilyapti. Masalan, ü, ū, ı, ə kabi harflarni biz ishlatmaymiz. Menimcha, barcha turkiylarning alifbosini shu 34 ta harf asosida shakllantirish koʻzda tutilgan. Hammada bir xil 34 ta harfli alifbo boʻlsin degan talab yoʻq. Har kim oʻziga keragini oladi, lekin shu 34 ta harf ichidan tanlaydi, chetdan boshqa harf olmaydi.
Bu loyiha amalga oshishiga ishonasizmi?
✅ – ha
❌ – yoʻq
@oriftolib
BY Orif Tolib
Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/3892