tgoop.com/oriftolib/4499
Last Update:
Zoʻr yangilik: 320 ta nom oʻzbekchada va toʻgʻri yoziladi
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbek tili bayrami arafasida davlat tili rivojiga hissa qoʻshadigan qaror qabul qilibdi. Unga koʻra, temiryoʻl vokzali, temiryoʻl stansiyasi va temiryoʻl razyezdlari nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga moslanadi, oʻzgarishlar tegishli hujjatlar va maʼlumotlar bazalariga kiritiladi, peshlavhalar va axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlar lotin yozuvida asoslangan oʻzbek tilidagi yozuvlar bilan almashtiriladi.
Qarorga butun respublika boʻylab oʻzgartiriladigan 320 ta geografik obyekt nomi ilova qilingan. Ilova bilan tanishib hayron qoldim: hatto mustaqillik yillarida qoʻyilgan nomlar ham xatolar bilan yozilib kelgan ekan! Shu jihatning oʻzi ham bu qaror ijrosini tezroq taʼminlash kerakligini anglatadi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4499
