tgoop.com/oriftolib/929
Last Update:
Darranda nima?
Kitoblarda, gazeta-jurnallarda parranda-darrandalar degan so‘zga duch kelgan bo‘lsangiz kerak. Parranda nimaligini ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz: har qanday qush zoti. Uyda boqiladiganlari uy parrandasi deyiladi. Masalan, tovuq – uy parrandasi. U ham aslida qush.
Xo‘p, bu gaplar tushunarli. Lekin darranda nima?
Darranda – asli forscha so‘z, pora qilmoq, parchalamoq ma’nosidagi fe’lning hozirgi zamon shakli. Izohli lug‘atga ko‘ra, o‘zbek tilida ikki xil ma’noda ishlatiladi.
1️⃣ Sutemizuvchi yirtqich, vahshiy hayvon:
Darrandalarning ayrimlari, sariq yumronqoziq va sug‘urlar qish va yozda uzoq uyquga ketadi.
“Fan va turmush”
2️⃣ Ko‘chma ma’noda: yovuz, yirtqich:
Darranda dushmanlar serjahl, asabiy,
Kuchanar devorni sindiray deya.
M. Shayxzoda, “Chorak asr devoni”.
📌 Demak, darranda yirtqich hayvon, ko‘chma ma’noda esa yovuz, yirtqich deganidir.
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/929