tgoop.com/oriftolib/997
Create:
Last Update:
Last Update:
“Million”ning oʻzbekchasi nima?
Qadimgi turkiy tilda sonlar sof turkiycha boʻlgan. Keyinchalik juda katta sonlarni, jumladan, million va milliardni bildiruvchi soʻzlar boshqa tillardan kirib kelgan. Lekin bundan ming yil oldin ham turkiy tilda millionni ifodalash mumkin boʻlgan.
Eski oʻzbek tilida tuman soʻzi oʻn mingni bildirgan. “Devonu lugʻatit turk”da tuman ming soʻzi ming-ming, ming tuman, ming marta ming, bir million deb izohlangan.
Bobur Hindistonning moddiy boyliklari koʻpligini, katta miqdorni anglatuvchi sonlari borligi ham shundan dalolat ekanini taʼkidlaydi: “Yana hind eli adadni ham xoʻb tayin qilibturlar: yuz mingni lak derlar, yuz lakni kurur derlar. Yuz kururni arb derlar. Yuz arbni karb, yuz karbni nil, yuz nilni padam, yuz padamni song. Bu adadlarning tayini Hinduston molining koʻplugining dalilidur”.
Lak soʻzi Boburdan oldin yashagan adiblar ijodida ham uchraydi. Alisher Navoiy bir millionni oʻn lak soʻzi bilan ifoda etgan. Badiiy adabiyotda uchraydigan lak-lak soʻzi millionlab, milliardlab maʼnosini beradi. Agar uni yuz mingta yuz ming deb tushunilsa, oʻn milliardga toʻgʻri keladi.
📌 Demak:
Oʻn milliard – lak-lak.
Bir million – tuman ming, oʻn lak.
Yuz ming – bir lak, oʻn tuman.
Oʻn ming – tuman.
Turkiy tilda katta sonlarni ifodalagan yana boshqa soʻzlarni bilsangiz, izohlarda qoldiring.
👉 Toʻliq oʻqish
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/997