SALIMOV_BLOGI Telegram 1133
​​Masaru Ibuka – "Uchdan keyin kech"

Oddiygina imtihondan oʻtish uchun ham, imtihonning darajasiga qarab, oylab yoki yillab tayyorlanamiz. Haydovchilik guvohnomasi uchun yarim yil oʻqiymiz. Biror kasbni egallash uchun kamida toʻrt yilimizni oliy taʼlimda oʻtkazamiz. Lekin men hayotda farzandiga munosib ota-ona boʻlish uchun oʻqib-oʻrganayotgan juftliklarni juda kam koʻrdim.

Biz farzandli boʻlish uchun avvalo shunga tayyor boʻlishimiz kerak. Uning butun masʼuliyati bizning zimmamizda. Afsuski oʻzbeklarda bolalar oʻzi katta boʻladi. Ta'lim-tarbiyaga eʼtibor beradigan ota-onalar ham buni bolasi tilga kirgach, yurishni boshlagach, bogʻchaga chiqqach, maktabga chiqqach va hatto u oʻsmir yoshiga yetgach boshlaydi. Masaru Ibuka esa eng muhim davr bu bolaning uch yoshgacha boʻlgan davri ekanligini ta'kidlaydi.

Hayotdagi kuzatuvlar natijasida olgan xulosalarim toʻgʻriligini mutolaa chogʻida koʻrdim. Bolalik xotiralarimni esladim. Odatda kattalar bizning oldimizda, goʻyoki biz baribir hech narsani tushunmayotganday, xohlagancha gapirar, oʻzlarini xohlaganlariday tutishardi. Holbuki men hamma-hammasini tushunardim. Aqlim toʻla qamrab ololmagan narsalarning ham yaxshi yoki yomonligini bolalarga xos intuitsiya bilan ilgʻardim.

Nega ba'zi bolalar quntli, ba'zilari uquvsiz, nega ba'zilari kuchli, ba'zilari ojiz, nega ba'zilari kirishimliyu, ba'zilari odamovi? Mana shu kabi juda koʻp narsalar genlarga emas, aynan oilaviy muhit va erta tarbiyaga bogʻliq. Tarbiya esa faqat uni qil, buni qilma deyishdan iborat emas. Bu avvalo oʻrnak. Muhimi oʻzimizni tarbiyalash.

"Uchdan keyin kech"ni mukammal qoʻllanma deyolmayman. Lekin undan juda kerakli xulosalar olsa boʻladi. Mazkur muhim xulosalar yanada izlanishga undaydi. Zero ota-onalikni zimmamizga oldikmi, endi buni oʻrganishimiz shart. Farzandni aqlimiz yetganicha, tushunib-tushunmay ulgʻaytirishga haqqimiz yoʻq.

@salimov_blogi

tgoop.com/salimov_blogi/1133
Create:
Last Update:

BY The Stranger

Share with your friend now:
tgoop.com/salimov_blogi/1133

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

bank east asia october 20 kowloon Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content. How to create a business channel on Telegram? (Tutorial) Members can post their voice notes of themselves screaming. Interestingly, the group doesn’t allow to post anything else which might lead to an instant ban. As of now, there are more than 330 members in the group. “Hey degen, are you stressed? Just let it all out,” he wrote, along with a link to join the group.
from us

Telegram The Stranger
FROM American