tgoop.com/sportboshqarmasi/42463
Last Update:
♟ Pop tumanida "Viloyat hokim kubogi" uchun shaxmat musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi
▫️Namangan viloyatida tashkil etilgan "Namangan viloyati hokimi kubogi" uchun shaxmat musobaqasining tuman bosqichiga yetib keldi. Mazkur nufuzli musobaqa viloyat miqyosidagi eng mahoratli shaxmat ishqibozlarini aniqlashga qaratilgan.
Bugun, Pop tuman hokimi o‘rinbosari Iqboljon Xoliqov musobaqaning tuman bosqichi ochilish marosimida ishtirok etdi. Tuman hokimi o‘rinbosari ushbu musobaqaning ahamiyatini ta’kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
"Hokim kubogi" musobaqasi dastlab mahallalarda tashkil etilgan bo‘lib, unda mahalliy turnirlarda g‘olib chiqqan shaxmatchilar hozirda tuman bosqichida o‘z mahoratlarini sinashmoqda. Bu bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan shaxmatchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishadi.
Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati