TALIM_BER Telegram 73
"Suratdagi haqiqatlar" yoxud "Bir o'quvchimning hikoyasi"
Real voqeaga asoslangan

Qabulimga bir o‘quvchini olib kelishdi. Atrofdagilarning aytishicha, uning "aybi" – urishqoq, dars qilishni yoqtirmaydi, yolg‘onchi, qaysar va hokazo...

Men esa uning ko‘zlariga qaradim. Mo‘ltirab turgan, gapirmasidan ham ko‘zlari yoshga to‘lib ketgan bola edi...

🖌 "Oilangning rasmini chizib ber" – dedim.

Va u mana shu yuqoridagi rasmni chizdi...

🖼 Rasmning izohi:

• Bola onasini – uy ko‘rinishidagi qamoqxona shaklida tasvirladi.
• Qamoqxona ichida ikkita polapon qushcha bor: ucholmaydigan, tashqariga chiqolmaydigan, erksiz...
• Tashqarida esa otasi – bo‘yinturuq ip o‘tkazilgan qush shaklida chizilgan. Ish qushning bo‘ynidan ip o‘tkazib, hech qayerga qo‘yib yubormayapti.
• Ota qush bolalar tomonga emas, ish tomonga qaragan. Oila bilan orasi uzoq...

Asl haqiqat:

Er-xotin ajrim yoqasida. Er xotiniga, ayol esa farzandlariga jismoniy zo‘ravonlik qiladi. Ayol farzandlarining otasidan alamzada. Bolaning chizgan rasmi go‘yo shunday derdi:

"Qalbimda qattiq og‘riq bor. Unga tega ko‘rmang. Aks holda o‘zimga javob bera olmayman..."

Shunda men o‘quvchining nega darslari pasayib ketgani va nega urishqoq bo‘lib qolganini tushundim...

Hurmatli ustozlar!

Aslida siz o‘ylaganchalik, ta’rif berganchalik "urishqoq bolalar" yomon emas!

Ularning ichidagi og‘riq yomon!

O‘quvchi qachon qo‘pollashadi, dag‘allashadi, agressivlashadi?

Qachonki, himoyalanganlikka bo‘lgan eng birinchi psixologik ehtiyoji qondirilmasa!

Agressiv bolalar bilan qanday muomala qilish kerak?

1. Kuchli emotsiya vaqtida, imkoningiz bo‘lsa, o‘quvchini o‘z bolangizdek bag‘ringizga bosing. Miya va tana himoyalanganlik mexanizmini sezsa, tinchlanadi.

2. O‘quvchiga suv ichiring. Suv miya faoliyatini tinchlantirish xususiyatiga ega.

3. O‘ziga yoki atrofdagilarga jabr yetkazish xavfi bo‘lsa, yaxshi gap bilan uni chetroqqa olib chiqing. Tinchlangach gaplashing, ammo holatini kamsitmang, qo‘rqitmang!

Aslo! O‘zingiz agressiyaning provokatsiyasiga aylanmang!

Haqiqiy pedagog bo‘lish uchun faqat bilim va o‘qitish metodikalarini bilish kamlik qiladi. Chunki bolalarga bo‘lgan chinakam muhabbat – ustozning eng muhim va asosiy sifatlaridan biridir.

Rahimov School psixologi Gulnoza Nazarova

tgoop.com/talim_ber/73
Create:
Last Update:

BY Ta'lim bering

Share with your friend now:
tgoop.com/talim_ber/73

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Some Telegram Channels content management tips Co-founder of NFT renting protocol Rentable World emiliano.eth shared the group Tuesday morning on Twitter, calling out the "degenerate" community, or crypto obsessives that engage in high-risk trading. With the administration mulling over limiting access to doxxing groups, a prominent Telegram doxxing group apparently went on a "revenge spree." Hashtags With the sharp downturn in the crypto market, yelling has become a coping mechanism for many crypto traders. This screaming therapy became popular after the surge of Goblintown Ethereum NFTs at the end of May or early June. Here, holders made incoherent groaning sounds in late-night Twitter spaces. They also role-played as urine-loving Goblin creatures.
from us

Telegram Ta'lim bering
FROM American