TALIM_BER Telegram 74
Og‘ilni tarbiyalashda Otaning ahamiyati ulkandir

Uzoq vaqt davomida bola tarbiyasi asosan onaning zimmasida deb hisoblangan. Aslida Ona – o‘choqning posboni, mehrli tarbiyachi, bilim va tuyg‘ular olamiga yo‘lboshlashuvchidir. Biroq hayot shuni ko’rsatadiki, o‘g‘il bola shaxsining shakllanishida otaning roli hal qiluvchi ekan. Buning asosiy omili – so‘zlar emas, balki namunadir.

Ota gapirishi, buyurishi, majburlashi mumkin, lekin chinakam tarbiyaviy ta’sirni uning shaxsiy namunasi ko‘rsatadi. Maktab psixologi sifatidagi amaliyotimda men o‘smir o‘g‘il bolalardagi muammolar bilan ko’p ishlayman. Butun oila bilan suhbat qilib, ish olib borganimda, men doimo o‘g‘il bolaning xulq-atvori asosida uning otasining timsoli ta’sirini kuchini ko’raman.
O’gil bolaning dunyosida ota yo‘lboshluvchi kompass bo‘lib xizmat qilishiga ishonch hosil qilaman.

O‘g‘il bola otasini kuzatib, ongsiz ravishda xulq-atvor modellarini, ayollarga, ishga, mas’uliyatga bo‘lgan munosabatini o‘zlashtirib oladi. U otasiga taqlid qilib, erkak bo‘lishni o‘rganadi. Agar ota mas’uliyatli, mehnatsevar, ayollarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan va o‘z his-tuyg‘ularini boshqara oladigan inson bo‘lsa, o‘g‘il bola, ehtimol, shunday sifatlarga intiladi. Agar ota agressiya, mas’uliyatsizlik yoki oilaga beparvolikni namoyon etsa, bu albatta o‘g‘il bolaning xulq-atvoriga ta’sir qiladi.

Shuning uchun, agar siz ota sifatida yaxshi inson, siz faxrlana oladigan shaxsni tarbiyalashni istasangiz, birinchi navbatda o‘z nuqsonlaringiz ustida ishlashingiz kerak. Bu oson emas, lekin zarurdir.
Aslida bu yerda ajoyib hikmat bor: o‘g‘ilni tarbiyalab, ota o‘zligini ham yaxshilaydi. Ota sabr-toqatga, mas’uliyatga, o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rganadi va bu sifatlar nafaqat uning o‘g‘li bilan munosabatlarini, balki hayotining barcha sohalarini boyitadi.

Ota o‘z his-tuyg‘ularini chindan tushunishni, ularni boshqarishni, o‘z nuqsonlarini yengishni o‘rganadi. U yaxshiroq, kuchliroq, donoroq bo‘ladi. Bu otaning o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoni o‘g‘il bolaga o‘tib, unining tarbiyasining ajralmas qismiga aylanadi.

Shunday qilib, ota moddiy ne’matlarning ta’minotchisi emas, balki taqlid qilish uchun asosiy namuna, o‘g‘li uchun hayotning haqiqiy ustozidir. Aynan otaning mavjudligi, otaning muhabbati va otaning namunasi o‘g‘il bolada o‘z-o‘ziga hurmat, o‘z-o‘ziga ishonch va katta hayotga tayyorlik hissini shakllantiradi.

by Damira Babadjanova

tgoop.com/talim_ber/74
Create:
Last Update:

BY Ta'lim bering

Share with your friend now:
tgoop.com/talim_ber/74

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Just as the Bitcoin turmoil continues, crypto traders have taken to Telegram to voice their feelings. Crypto investors can reduce their anxiety about losses by joining the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram. ‘Ban’ on Telegram The group’s featured image is of a Pepe frog yelling, often referred to as the “REEEEEEE” meme. Pepe the Frog was created back in 2005 by Matt Furie and has since become an internet symbol for meme culture and “degen” culture. The Channel name and bio must be no more than 255 characters long
from us

Telegram Ta'lim bering
FROM American