tgoop.com/temur_pm_blog/222
Last Update:
Texnik qarz: Uni boshqarish va to'planishiga yo'l qo'ymaslik
Salom, salom! 🌟
Bugun texnik qarz haqida gaplashamiz. Ko'plab mahsulot menejerlari va dasturchilarni qiynaydigan mavzu. Texnik qarz nima? Uni boshqarmasak nima bo'ladi va qanday qilib uni oldini olish mumkin?
Texnik qarz to'plansa nima bo'ladi?
Texnik qarzni e'tiborsiz qoldirsak, mahsulotingizni rivojlantirishga katta zarar yetadi. Har safar yangi funksiyani qo'shishda, siz eski xatoliklarni tuzatishga vaqt sarflaysiz. Bu esa, yangi g'oyalar va funksiyalarni rivojlantirishni qiyinlashtiradi.
Qanday muammolarga duch kelasiz?
- Yangi funksiyalarni qo'shish sekinlashadi: Har safar yangi o'zgarishni qo'shish uchun eski tizimlar va xatolarni tuzatish zarur bo'ladi. Bu, oxir-oqibatda mahsulotni sekin rivojlantiradi.
- Jamoa samaradorligi pasayadi: Dasturchilar va mahsulot jamoasi doimiy ravishda eskirgan kodni to'zalash bilan band bo'ladi, yangi ishlarni boshlash uchun vaqt qolmaydi.
- Xatoliklar ko'payadi: Eskirgan tizimlarda yangilanishlar qo'shilsa, xatolar ko'payadi va bu foydalanuvchilarga salbiy ta'sir qiladi.
Texnik qarzni boshqarish uchun eng ko'p qo'llaniladigan ikkita oddiy yo'l
Agar siz texnik qarzni boshqarmasangiz, kelajakda mahsulotni rivojlantirish qiyinlashadi. Ammo, uni boshqarishning ikki yaxshi yo'li bor:
1. Har bir sprintda texnik qarz uchun 10 % dan 20% gacha vaqt ajratish
Har bir sprint davomida yangi funksiyalarni ishlab chiqish bilan birga, jamoa texnik qarzga ham vaqt ajratishi kerak. Masalan, har bir sprintda 10 % dan 20% gacha vaqtni texnik qarzga ajratish mumkin. Bu yordamida siz joriy xatoliklarni tuzatib, mahsulotni yaxshilaysiz.
2. Har chorakda bir marta sprintni texnik qarzga ajratish
Agar texnik qarzni boshqarishga vaqt ajratmasak, har chorakda bir marta sprintni faqatgina texnik qarzga ajratish yaxshi yechim bo'lishi mumkin. Bu usulda jamoa eski kodlarni tozalash va mahsulotni optimallashtirish uchun maxsus vaqt ajratadi.
Xulosa: Agar texnik qarzni boshqarish uchun vaqt ajratmasak, mahsulotingizni rivojlantirish juda sekinlashadi. Texnik qarzni boshqarish — bu samarali va tezkor rivojlanishga erishish uchun zarur.
Siz qanday qilib texnik qarzni boshqarasiz? Tajribalaringizni bo'lishing!
@temur_pm_blog
BY Temurning PM Blogi
Share with your friend now:
tgoop.com/temur_pm_blog/222