tgoop.com/ufq_horizon/11
Last Update:
Pandemiya va vabo haqida
“Sharqda ham, Gʻarbda ham sivilizatsiya tomon xalqlarni vayron qilgan va aholining yoʻq boʻlib ketishiga sabab boʻlgan halokatli vabo tarqaldi. U sivilizatsiyaning bir qancha yaxshi jihatlarini yutib yubordi va ularni quritib tashladi. Vabo sulolalarni qarigan bir chog'larida, yashovchanlik muddati nihoyasiga yetganida bosib oldi. Bu ularning kuch-qudratini pasaytirdi va ta'sirini chekladi, ularning hokimiyatini zaiflashtirdi. Ularning ahvoli yo'q boʻlish va parchalanish nuqtasiga yaqinlashdi.
Insoniyatning kamayib ketishi bilan sivilizatsiya nishonalari ham pasayib ketdi. Shaharlar va binolar vayron bo'ldi, yo'llar va undagi yo'l belgilari yo'q qilindi, aholi yashash maskanlari va qasrlar bo'shab, huvillab qoldi. Sulolalar va qabilalarning avvalgi cheksiz qudratidan asar ham qolmadi. Insoniyat qo'nim topgan, yashaydigan dunyo butkul o'zgardi. Aftidan, Sharqqa ham xuddi shunday tashrif amalga oshirilgan, biroq bu (Sharqning boyroq) sivilizatsiyasiga mos va mutanosib ravishda kechgan. Go‘yo dunyoda borliq sasi unutilish va cheklanishga chorlagandek bo‘ldi va dunyo uning chaqirig‘iga javob qaytardi."
"Muqaddima" kitobidan | Ibn Xaldun
@ufq_horizon
BY UFQ
![](https://photo2.tgoop.com/u/cdn4.cdn-telegram.org/file/FnPFk2qMqcbbmsWP4xMvmD95AFdPCHWYT5gUh9O-MMa6cpBsGFpQVVO2ToqVmfbEdKO5H5nsns_JdrGHF1oyAODU_2Lo35DmFBALD6ZCx2WQdjSTZ47Cl3NueJicjRty_3DMrcq3JA9cX3FMMHWmmV_cR_T6j3xgvx7iRS7CjSUdr6rwnp2JimLViIATOwiJfh1X5ZH6dSFj1jKFvDf2F9766AcYlkPSaCXnxf1PN4u38bxE-vucJmuwhZUaFFhxxcCHkM1WtgCi1lt3T7iHAAWjucu3hhkfzkXy_3atYJxIMl5QJNfDh1bGobAXDgkKWvGoiKsWEmaeF8fmNdRkQg.jpg)
Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/11