UFQ_HORIZON Telegram 258
​​Ibn Xaldun aytadiki, davlat 5 bosqichdan o’tadi.

Birinchisidushmanni yengish va “oldingi hukumat qo’lidan tortib olish” orqali hukmni qo’lga olish. Bu bosqichda hukmdor o’zidan keyingilar uchun soliq yig’ishda, hududini himoya qilishda, o’zini boshqalardan ihotalamaslikda namuna bo’ladi.

Ikkinchi bosqichda hukmdor odamlar ustidan avtokratik ravishda boshqaruvni yo’lga qo’yadi va o’zini ulardan uzoq tutadi, ihotalaydi. Davlatni boshqarishda unga raqobat qilishi mumkin bo’lgan qarindoshlari va o’z asabiyyasi vakillarining kuchini kesish va kamsitish uchun o’ziga ko’plab vassallar va ergashuvchilar jalb qilishga urinadi. Ularni iqtidordan uzoqda ushlar ekan, u hukmni o’zi va o’z oilasida saqlab qoladi. Endi uning atrofida qabiladosh yoki qondosh bo’lmagan “begonalar” qoladi.

Uchinchi bosqich bemalolchilik va sokinlik davri. Shuningdek, bunda hukmdor boylik to’playdi va o’z nomini ulug’lashtiradi. hukmdor butun kuchini soliq yig’ish, kirim-chiqimlarni yo’lga solish va katta binolar, ulkan obidalar, keng shaharlar qurishga qaratadi. Shu orada hukmdor o’z qo’l ostidagilarga juda saxovatli bo’lib qoladi va mablag’ va mansabni ayamaydi. U o’z qo’shiniga e’tibor qaratib, askarlarining maoshiga katta miqdorda ustama qo’shib beradi. Buning natijasini bayram kunlarida askarlarning kiyimi, zeb-ziynatlari va qo’llarida ko’rish mumkin. Shunday qilib, u ittifoqdosh davlatlarda taassurot uyg’otishi va dushman davlatlarni qo’rqitishi mumkin. Bu bosqich – hukmdor mustaqil hukm yuritadigan va mustaqil qaror qabul qiladigan so’nggi bosqich.

To’rtinchi bosqich – qoniqish va tinchlanish bosqichi. Hukmdorni o’zidan oldingilar erishgan yutuqlar qoniqtiradi. U o’z sheriklari va dushmanlari bilan kelishib, tinch-totuv yashaydi. U o’zidan oldingi hukmdorlarga taqlid qiladi, ularning izidan yuradi. Agar bunday qilmasam, obro’-e’tiborim tushadi, deb hisoblaydi.

Beshinchi bosqich – isrofgarchilik va dabdababozlik davri. Bu bosqichda hukmdor o’zidan oldingilar qurgan narsalarni o’z nafs-havosi, istaklari va o’z guruhidagi yaqinlariga saxovat ko’rsatib, vayron qiladi. U atrofida yolg’on do’stlar va yovuz insonlar to’playdi, ularga davlatning katta masalalarini topshiradi, ular esa eplay olmaydilar. U shahar oqsoqollari va xalqning katta vakillari bilan yomon munosabatda bo’ladi, shuningdek, o’zidan oldingi hukmdorlarga hurmat ko’rsatmaydi. Bu insonlarning hukmdordan jahllari chiqadi va uni qo’llamay qo’yadilar. Askarlarining maoshini ham o’z istaklari yo’lida sarflagan hukmdorni qo’shinning bir qismi ham tark etadi. Shunday qilib, u o’zidan oldingilar qurgan va yo’lga qo’ygan tizimni ishdan chiqaradi. Oqibatda bu davlat tanazzulga yuz tutadi, bunga esa deyarli chora yo’qdir.

@ufq_horizon

tgoop.com/ufq_horizon/258
Create:
Last Update:

BY UFQ

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/258

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Telegram channels fall into two types: During a meeting with the president of the Supreme Electoral Court (TSE) on June 6, Telegram's Vice President Ilya Perekopsky announced the initiatives. According to the executive, Brazil is the first country in the world where Telegram is introducing the features, which could be expanded to other countries facing threats to democracy through the dissemination of false content. Private channels are only accessible to subscribers and don’t appear in public searches. To join a private channel, you need to receive a link from the owner (administrator). A private channel is an excellent solution for companies and teams. You can also use this type of channel to write down personal notes, reflections, etc. By the way, you can make your private channel public at any moment. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? Earlier, crypto enthusiasts had created a self-described “meme app” dubbed “gm” app wherein users would greet each other with “gm” or “good morning” messages. However, in September 2021, the gm app was down after a hacker reportedly gained access to the user data.
from us

Telegram UFQ
FROM American