UFQ_HORIZON Telegram 259
KOʻHNA TURKISTONDAGI XALQ QABULXONALARI

Turkiston ellarining eng mashhur umumiy bayrami Navroʻzdir (soʻgʻdchada Navsard, eski xorazmchada Navsorji). Turkistonning otashparast podshohlari aynan shu kuni elni qabul qilib, arz-dodlarni eshitgan. Navroʻz kuni hukmdor bayramni boshlab, odamlarga oʻzining xalqni qabul etish va ularga yaxshilik qilish maqsadini jar soldirgan, arzlarni tinglab hal qilgan. Hukmdorning oʻziga nisbatan shikoyatlar esa mubad-qozilarga havola etilgan.
Bunday qabullar kuzda Mehrjon bayramida ham oʻtkazilgan. Yildagi soʻnggi qabul Xurmoh yoki Xurram roʻz bayrami kuni boʻlgan. Bu soʻzning maʼnosi “donishmand podshoh va yaratuvchi aql egasi” demakdir. Shu kuni podshoh shohlik taxtidan tushib, oq kiyimlar kiyar va sahroda oq paloslarda oʻtirgan, dunyo ishlari va dunyo ahli uchun vaqt ajratgan. Biron narsa haqida podshoh bilan gaplashishga muhtoj boʻlgan istalgan tabaqadagi kishi unga yaqin borib arzini aytgan. Podshoh dehqonlar va korandalar bilan oʻtirib ovqat yeb, sharob ichgan. Bu kun goho “navad roʻz” (“90 kun”) deb ham atalgan, chunki bu bilan navroʻz orasi toʻqson kun boʻlgan.
Bunday qabullar arablarga qaramlik chogʻida ham davom etadi. Shunday qilib hozirgi xalq qabulxonalarining tarixi minglab yillarga borib taqaladi.

Manba: Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari.

https://www.tgoop.com/ufq_horizon

tgoop.com/ufq_horizon/259
Create:
Last Update:

BY UFQ

❌Photos not found?❌Click here to update cache.

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/259

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to build a private or public channel on Telegram? The initiatives announced by Perekopsky include monitoring the content in groups. According to the executive, posts identified as lacking context or as containing false information will be flagged as a potential source of disinformation. The content is then forwarded to Telegram's fact-checking channels for analysis and subsequent publication of verified information. Add up to 50 administrators Telegram Android app: Open the chats list, click the menu icon and select “New Channel.” Deputy District Judge Peter Hui sentenced computer technician Ng Man-ho on Thursday, a month after the 27-year-old, who ran a Telegram group called SUCK Channel, was found guilty of seven charges of conspiring to incite others to commit illegal acts during the 2019 extradition bill protests and subsequent months.
from us

Telegram UFQ
FROM American