UFQ_HORIZON Telegram 270
ISMOIL SOMONIY MUHADDIS BOʻLGAN(MI)?

Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad ibn Asad ibn Somon Somoniy (849, Fargʻona — 908, Buxoro) adolatli hukmdor boʻlish bilan birga oʻz chogʻining mashhur olimlaridan ham sanalgan. Bu kishi oʻz umri davomida anchagina hadislarni yod olib muhaddislik bilan shugʻullangan. Bu ulugʻ turkiy hukmdor hadislarni oʻz otasi Ahmad ibn Asaddan rivoyat qilgan. Ismoil Somoniyning oʻzidan esa mashhur olimlar Muhammad ibn Quraysh Marvarrudiy, Abdurrahmon ibn Muhammad Qozi Abhariy, Iso ibn Muhammad ibn Iso Kotib va Abdulloh ibn Muhammad ibn Yaʼqub Buxoriy hadis rivoyat qilishgan. Bu bobomizning “Somoniya” deb nisbat berilgan farzandlari, qarindosh-urugʻlari, yaqinlari ham ilm ahlidan boʻlib, hadislar rivoyat qilishgan.
Xususan, Ismoil Somoniyning otasi amir Ahmad ibn Asad Somoniy (vafoti 865, Fargʻona) mashhur muhaddis va faqihlar Sufyon ibn Uyayna, Ismoil ibn Ulayya, Yazid ibn Horun va Mansur ibn Ammordan hadis rivoyat qilgan.
Ismoil Somoniyning akasi Abu Yaʼqub Isʼhoq ibn Ahmad Somoniy (vafoti 914, Buxoro) Buxoro amiri boʻlgan. Bu kishi oʻz inisi Ismoil ibn Ahmad Somoniy va muhaddis Abdulloh ibn Abdurahmondan hadis ilmidan taʼlim olgan. Oʻzidan esa Solih ibn Abu Rumayh va Abdulloh ibn Yahyo Qozi hadis rivoyat qilganlar. Ismoil Somoniyning yana bir akasi Abul Hasan Nasr ibn Ahmad Somoniy (vafoti 893) esa oʻz otasi Ahmad ibn Asad Somoniy, Solim ibn Gʻolib Samarqandiy va Abu Abdulloh Muhammad ibn Nasr Marvaziydan taʼlim olgan. Oʻzidan esa Sahl ibn Shozavayh hadis rivoyat qilgan.
Ismoil Somoniyning avlodlari ham muhaddis olimlar boʻlishgan.

Manbalar:
1. Abdulkarim Samʼoniy. “Nasabnoma”.
2. Najmiddin Umar ibn Muhammad Nasafiy. "Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand".

@ufq_horizon

tgoop.com/ufq_horizon/270
Create:
Last Update:

BY UFQ

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/270

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to Create a Private or Public Channel on Telegram? For crypto enthusiasts, there was the “gm” app, a self-described “meme app” which only allowed users to greet each other with “gm,” or “good morning,” a common acronym thrown around on Crypto Twitter and Discord. But the gm app was shut down back in September after a hacker reportedly gained access to user data. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? ‘Ban’ on Telegram The initiatives announced by Perekopsky include monitoring the content in groups. According to the executive, posts identified as lacking context or as containing false information will be flagged as a potential source of disinformation. The content is then forwarded to Telegram's fact-checking channels for analysis and subsequent publication of verified information.
from us

Telegram UFQ
FROM American