UFQ_HORIZON Telegram 276
KOʻHNA TURONLIK SHAHMATCHI AYOL URAYB BARMAKIYYA

Shahmat ming yillardan beri turonliklarning sevimli oʻyini boʻlib kelmoqda. Bu oʻyin, ayniqsa, 9-10-yuzyilliklarda jadal rivojlandi. Aynan shu chogʻda Abu Bakr Muhammad Suliy, Zayrab Katan, Abul Abbos Ahmad Saraxsiy singari turonlik mohir shahmatchilar yetishib chiqdi. Eʼtiborli jihat shundaki, koʻhna Turonda erkaklargina emas, ayollar ham shahmat oʻyinida mohir boʻlishgan. Bu chogʻda yashagan turonlik eng taniqli ayol shahmatchi Urayb Barmakiyyadir.
Urayb Maʼmuniyya Barmakiyya (797-890) Abbosiy xalifaligida vazir boʻlgan balxlik Jaʼfar ibn Yahyo Barmakiyning qizidir. Urayb 9-yuzyillik boshlarida Barmakiylar qamoqqa tashlanib, mol-mulklari xalifalik hisobiga oʻtganda asirga olinib choʻri qilinadi. U yoshligida xalifalar Amin (809-813), Maʼmun (813-833) va Moʻtasim (833-841)larga choʻri boʻlib xizmat qilgan. Uni choʻrilikdan xalifa Moʻtasim ozod qilgan. Shunday ogʻir sinovlarga qaramay Urayb mashhur shoira va mohir shahmatchi boʻlib yetishadi. Uning shahmatdagi mahoratiga oʻz vaqtida xalifa Maʼmun ham qoyil qolgan. Taniqli olim ibn Vakiʼ (vafoti 967) Uraybdan koʻra aqlliroq, mahoratliroq, yuzi chiroyliroq, ruhi yengilroq, nutqi ravon, tezroq javob beradigan, shahmatni yaxshi oʻynaydigan ayolni koʻrmaganligini yozgan. Bundan koʻrinadiki, Urayb ancha-muncha mohir shahmatchilardan ustun kelib, koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻlgan.
Shuningdek, Urayb Turon yerlaridan yetishib chiqqan va bizga hozirgacha maʼlum boʻlgan ilk shoira ayol hamdir. Uning arab tilida yozilgan sheʼrlari mingta daftardan iborat boʻlgan. U sheʼrlaridan bitta “Devon” ham tuzgan. Bu uning sheʼriyat sohasidagi merosi ham salmoqli boʻlganligini koʻrsatadi.
Manbalarga koʻra, Urayb ud cholgʻusini chalishda ham mohir boʻlgan, qoʻshiqlar kuylagan. U umri davomida mingta qoʻshiq bastalaganligi toʻgʻrisida maʼlumot bor. Shuningdek, Urayb husnixati goʻzal mohir xattot boʻlgan.
Urayb Barmakiyya toʻqson yoshdan oshiq umr koʻrib, Surramanraoda vafot etgan.

MANBALAR:
1. Abul-Faraj Isfahoniy. Kitob al-agʻoniy.
2. Ibn Asokir. Tarixu madinat al-Dimashq.
3. Tojuddin Abu Tolib ibn Soiy. Niso al-xulаfo.

@ufq_horizon

tgoop.com/ufq_horizon/276
Create:
Last Update:

BY UFQ

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/276

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

A Hong Kong protester with a petrol bomb. File photo: Dylan Hollingsworth/HKFP. With the “Bear Market Screaming Therapy Group,” we’ve now transcended language. Step-by-step tutorial on desktop: Today, we will address Telegram channels and how to use them for maximum benefit. Informative
from us

Telegram UFQ
FROM American