UFQ_HORIZON Telegram 300
🪶​​Shoir va olim

G'iyosiddin Umar ibn Ibrohim Xayyom (1048–1131) Saljuqiylar imperiyasining Nishopur shahrida tug'ilgan (hozirgi Eronda). Boshlang'ich bilimlarni o'z shahrida olgach, 1068-yilda Buxoroga ketgan, Ark kutubxonasida ilmini oshirgan. Ibn Sinoning shogirdi Bahmanyordan ta'lim olgan.

📝1070-yilda Samarqandga ko'chib, Algebra haqidagi mashhur asarini yoza boshlagan. 1074-yilda Saljuqiy hukmdor Sulton Malikshohning vaziri Nizomulmulk taklifiga binoan Marvga o'tib, ilmiy tadqiqotlarini davom ettirgan.

🤗U Isfahon shahrida rasadxona qurilishiga boshchilik qilgan, keyinchalik qo'l ostidagi olimlar guruhi bilan birgalikda shu rasadxonada amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida o'ta aniq taqvim ishlab chiqqan.

🥸Malikshoh va vazir Nizomulmulk vafotidan so'ng u Haj safariga ketgan. Hajdan qaytgach, ko'p o'tmay sog'ligi yomonlashgan va o'z shahri Nishopurga ketgan. Xayyom Nishopurda 83 yoshida vafot etgan.

Matematika

Umar Xayyom Sharqning eng yirik matematiklari safiga kiradi. U "kubik tenglamalarni geometrik yechim orqali hal qilish" g‘oyasini ilgari surdi. Uning bu ishlari "Algebra bo‘yicha izohlar" (Risola fi-l-barohin ala masoil al-jabr va-l-muqobala) asarida o‘z aksini topgan. Bu asar G‘arbda ham katta ta’sirga ega bo‘ldi va keyingi davr matematiklari uchun asos nuqtasi bo'lib xizmat qildi.

💴Xayyom binomial teoremasi va kombinatorikaga oid ishlari bilan ham mashhurdir. U kombinatorika nazariyasini ishlab chiqqan va binom koeffitsientlarini hisoblash usullarini keltirgan.

📕Xayyom Evklidning "Elementlar" asarini tahlil qilib, uning parallel chiziqlar haqidagi nazariyasini qayta ko‘rib chiqqan. U Evklid geometriyasida ba’zi fundamental tamoyillarni tekshirib, bu sohada muhim ilmiy xulosalar chiqargan.

🧑‍🚀Astronomiya

Xayyomning astronomiyadagi ishlari uning eng mashhur ilmiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. U Jaloliy taqvimni ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan. Bu taqvim, aniq va ishonchliligi bo'yicha, zamonaviy Grigoriy taqvimidan ham yaxshiroq hisoblangan.

🤪Jaloliy taqvim Quyosh yilini o‘lchashda juda aniq o'lchovlar qo'llagan: uning xatoligi ming yilda atigi bir kun edi. Bu taqvim 1079-yilda Saljuqiy hukmdor Jaloliddin Malikshoh tomonidan qabul qilingan.

👩‍🚀Xayyomning astronomiyadagi ishlari faqat taqvim bilan cheklanmagan. U astronomik kuzatuvlar uchun zamonaviy vositalardan foydalangan va Quyosh va Oy harakatlarini aniqlashda yangi usullarni qo‘llagan.

🌴Falsafa va tabiatshunoslik

Umar Xayyomning falsafa va tabiatshunoslikdagi ishlari ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. U tabiat qonuniyatlari, mavjudotning mohiyati va koinotning tuzilishi haqida chuqur ilmiy mulohazalar yuritgan.

📖Xayyom Aristotel va Ibn Sino falsafiy ta’sirida bo‘lgan, ammo o‘z falsafiy qarashlarini ham mustaqil ravishda ishlab chiqqan.

Xayyom o‘z falsafiy izlanishlarida ilmiy uslub va mantiqiy tahlilga katta e’tibor qaratgan. U haqiqatni aniqlashda tajriba va kuzatuv muhimligini ta’kidlagan.⬇️

Xayyomning ruboiylarida koinotning abadiyligi va vaqtning o'tkinchiligi haqidagi falsafiy qarashlari ham aks etadi. Bu qarashlar uning ilmiy izlanishlari bilan uyg‘un holda rivojlangan.

💡Umar Xayyom adabiyoti

Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylar haqida turli fikrlar mavjud. Ba'zi olimlar bularni Xayyom emas, boshqa odamlar yozgan, vaqt o'tishi bilan Xayyom nomi bilan tarqalgan, deydilar.

📮Bu ruboiylarda bir qarashda lazzatli hayotga, ichkilikka targ'ibni va Xudodan alamzadalikni ko'rish mumkin. Boshqa sufiylik namoyondalari bu ruboiylarning asl ma'nosi zohiriy ko'rinishidan ko'ra chuqurroq ekanini, may deganda Xayyom Xudoga muhabbatni nazarda tutishini aytishadi.

🥳Xayyomning asarlarida qadimgi sharq ezoterikasi, so'fizm va hinduiylik ta'limotlaridan ta'sirlanganligi ko'rinadi. Shu sababdan, qaysi ruboiylarni Xayyomning o'zi yozgan, qay birini yozmagan — buni aniqlash mushkul. Biz esa, Xayyomning diniy qarashlarini o'zi bilan Xudo o'rtasida qoldirib, uning ilmiy izlanishlari va salohiyatini e'tirof etishni ma'qul ko'ramiz.

UFQ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

tgoop.com/ufq_horizon/300
Create:
Last Update:

BY UFQ

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/300

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

The Channel name and bio must be no more than 255 characters long To upload a logo, click the Menu icon and select “Manage Channel.” In a new window, hit the Camera icon. While the character limit is 255, try to fit into 200 characters. This way, users will be able to take in your text fast and efficiently. Reveal the essence of your channel and provide contact information. For example, you can add a bot name, link to your pricing plans, etc. Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content. Users are more open to new information on workdays rather than weekends.
from us

Telegram UFQ
FROM American