UFQ_HORIZON Telegram 31
​​Tarixshunoslik

Xatolarimizni uzoq vaqt muhokama qilishimiz bizni asosiy maqsaddan uzoqqa yetaklab ketdi. Ko'plab malakali shaxslar va tajribali tarixchilar uydirma hikoyalarga aldandilar. Aqli zaif va tanqidiy qarashga ega bo'lmagan ko'plab kishilar esa ulardan bu asossiz hikoyalarni bilib oldilar, malakali tarixchilarning o'zlari shu hikoyalarni tanqidiy tadqiqot ham qilib o'tirmasdan qabul qildilar. Ularning asarlariga g'alati-g'alati hikoyalar kirib qoldi. Natijada tarixshunoslik bema'ni va chalkash ilmga aylandi, tadqiqotchilarning o'zlari chalkashib ketdilar. Tarixshunoslik bilan avom xalq shug'ullanadigan bo'ldi.

Shuning uchun bugun bu soha taqiqotchilari siyosatning fundamental tamoyillarini, narsalarning tabiati va xalqlar, joylar, turmush tarzi, xarakter xususiyatlari, an'analar, oqimlar, maktablar va shu kabi narsalardagi farqlarni yaxshi bilishlari kerak. Va bularning barchasining o'z davridagi holatini atroflicha o'rganishi kerak. U bugungi va kechagi sharoit bilan o'xshashlik va farqlarni taqqoslay bilishi kerak. O'xshashliklar va farqlar sababini bilishi kerak. Sulolalar va diniy guruhlarning qanday paydo bo'lgani, paydo bo'lishiga qanday omillar sabab bo'lgani, ularni qo'llab-quvvatlagan insonlarning sharoiti va tarixini bilishi kerak. Uning maqsadi har bir hodisaning sabablarini to'liq bilish va har bir hodisaning ro'y berishi bilan tanishish bo'lishi kerak. Shundan so'ng u ma'lumotni o'ziga ma'lum bo'lgan tamoyillar asosida tekshirishi lozim. Agar u talabga javob bersa, olishi, aks holda, voz kechishi kerak.

Shu sababdan qadimgilar tarixshunoslikni juda qadrlagan, shu darajadaki, Tabariy, Buxoriy, ulardan avval Ibn Is'hoq va boshqa musulmon ulamolari u bilan shug'ullanishga qaror qilishgan. Afsuski, ko'pchilik olimlar tarixshunoslikning asl qoidasini unutib qo'ydilar, u bilan shug'ullanish ahmoqona ishga aylanib qoldi. Oddiy odamlar, fundamental bilimi yo'q chala olimlar tarixni o'rganishni oddiy ish deb hisoblab qoldilar va unga kirishishga, istaganlarini kiritishga tushdilar. Poda bulg'andi, to'g'ri bilan noto'g'ri aralashib ketdi.

"Ishlarning oqibati Allohga oiddir"

Ibn Xaldun, "Muqaddima"

@ufq_horizon

tgoop.com/ufq_horizon/31
Create:
Last Update:

BY UFQ

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/31

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Hui said the time period and nature of some offences “overlapped” and thus their prison terms could be served concurrently. The judge ordered Ng to be jailed for a total of six years and six months. On June 7, Perekopsky met with Brazilian President Jair Bolsonaro, an avid user of the platform. According to the firm's VP, the main subject of the meeting was "freedom of expression." Telegram Android app: Open the chats list, click the menu icon and select “New Channel.” Add the logo from your device. Adjust the visible area of your image. Congratulations! Now your Telegram channel has a face Click “Save”.! With Bitcoin down 30% in the past week, some crypto traders have taken to Telegram to “voice” their feelings.
from us

Telegram UFQ
FROM American