Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/ufq_horizon/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tgoop/post.php on line 50
UFQ@ufq_horizon P.333
UFQ_HORIZON Telegram 333
BERUNIYNING USTOZI

Abu Said Ahmad ibn Muhammad ibn Abduljalil Sijziy (950-1025) Sijiston yerlarida 950-yilda tugʻilgan. Uning otasi Abul-Husayn Muhammad ibn Abduljalil Sijziy (10-11-yuzyillik) ham sijistonlik atoqli matematik va astronom olim boʻlgan. Shu sabab Abu Said Sijziy ilk bilimlarni oʻz otasidan oʻrgangan, deb qaraladi. Sijziy asta-sekin matematika, astronomiya, geografiya va boshqa aniq va tabiiy bilimlarni chuqur oʻrganib, yirik qomusiy olim boʻlib yetishadi. Keyinchalik Eronga borib, Buvayhiy podshoh Azududdavla (949-983) qoʻl ostidagi Sheroz shahrida ilmiy izlanishlarini davom ettiradi. Sijziyning dongʻi chiqib, oʻsha chogʻdagi dunyoning taniqli olimlari bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, yozishmalar orqali izlanishlarini oʻrtoqlashib turgan. Sijziy 969-yilda 19-20 yoshlarida Sherozda atoqli astronomlar Abul-Husayn Abdurrahmon ibn Umar Soʻfiy (903-998), Abul-Qosim Ubaydulloh ibn Hasan Gʻulom Zuhal (oʻlimi 998), Nazif ibn Yumn (Yaman) Mutatabbib Qass Yunoniy (oʻlimi 990), Abu Sahl Vayjon (Vijon) ibn Rustam Koʻhiy (10-11-yuzyilliklar) bilan birgalikda Quyosh tutilishini kuzatib, astronomik izlanish olib borgan. Demak, Sijziy ancha yoshligidanoq astronomiya bilan jiddiy shugʻullangan. U Sijistonda yirik astronomik izlanishlar oʻtkazib, planetarium (sayyora va boshqa osmon jismlarining hakatini koʻrsatadigan qurilma yasagan. Sijziyning fan tarixidagi yana bir ulugʻ xizmati Abu Rayhon Beruniyga (973-1051) ustozlik qilganligidir. Beruniy astronomiyaga oid anchagina bilimlarni, masalan, koʻhna sijistonliklarning astronomiyak qarashlarini Abu Said Sijziydan oʻrgangan. Shuningdek, ular oʻzaro yozishmalarda olib borgan ilmiy izlanishlarini oʻrtoqlashib turishgan. Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya”, “Usturlоbni yasash boʻyicha mumkin boʻlgan yoʻsinlarni egallash (oʻrganish) toʻgʻrisida kitob”, “Doiraga uringan chiziq yordamida uning vatarlarini hisoblab chiqarish toʻgʻrisida maqola”, “Kartografiya”, “Soyalar boʻyicha soʻzlarni yigʻish toʻgʻrisida kitob” asarlarida Abu Said Sijziy va uning ilmiy izlanishlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni bergan.
Sijziyning ilmiy merosi matematika va geometriyaga oid 55 ta hamda astronomiyaga oid 14 ta, shuningdek, astrologiyaga oid bir qancha asarni tashkil qiladi. Matematika va geometriyaga oid ayrim risolalari yunon mualliflarining asarlariga sharh yoki toʻldirma yoʻsinida yozilgan. Ularning ayrimlari esa oʻsha chogʻdagi yirik olimlarga maʼlum masala yuzasidan maktub oʻlaroq bitilgan (masalan, oʻz otasi Abul-Husayn Muhammad ibn Abduljalil Sijziy, Abu Ali Nazif ibn Yaman Mutatabbib Yunoniy). Sijziyning astronomiyaga oid asarlari orasida ham shundaylari uchraydi (“Abu Muhammad ibn Ali Hosibga qisqichbaqa koʻrinishidagi usturlob bilan ishlash toʻgʻrisida maktub”). Demak, Sijziy ajabtovur usturloblarni yasashni va ularni turli izlanishlarda ishilatishni yaxshi bilgan. Ulugʻ olim usturloblardan tashqari boshqa astronomik asboblar toʻgʻrisida ham durdona asarlar yozgan. Sijziyning astronomiya ilmidagi ulugʻ xizmati zardushtiylarning bu sohadagi bilimlarini chuqur oʻrganib, maxsus kitob yozib qoldirganligidadir. “Osmon darajalari tasvirlari toʻgʻrisida Zardushtning kitobi” asari bizgacha yetib kelgan boʻlib, Istanbul va Parij kutubxonalarida uning qoʻlyozma nusxalari saqlanadi.

https://www.tgoop.com/ufq_horizon

tgoop.com/ufq_horizon/333
Create:
Last Update:

BY UFQ

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/333

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

The optimal dimension of the avatar on Telegram is 512px by 512px, and it’s recommended to use PNG format to deliver an unpixelated avatar. Telegram channels fall into two types: Activate up to 20 bots A Telegram channel is used for various purposes, from sharing helpful content to implementing a business strategy. In addition, you can use your channel to build and improve your company image, boost your sales, make profits, enhance customer loyalty, and more. Commenting about the court's concerns about the spread of false information related to the elections, Minister Fachin noted Brazil is "facing circumstances that could put Brazil's democracy at risk." During the meeting, the information technology secretary at the TSE, Julio Valente, put forward a list of requests the court believes will disinformation.
from us

Telegram UFQ
FROM American