tgoop.com/ufq_horizon/34
Last Update:
Ibn Xaldunning tarix fani haqidagi qarashlari
Ibn Xaldunning xizmati avvalo shunda ediki, tarixga u "o'tmishdagi barcha siyosiy voqealar, sulolalar va hodisalar haqidagi ma'lumotlardan ko'ra, nafis tarzda taqdim etilgan va rivoyatlar bilan sugʻorilgan" deya taʼrif bergan edi. Uning yozishicha, tarix "yangi fan" bo'lib, u "ichki ma'no" ni ochib, "mavjud narsalarning sabablari va kelib chiqishini, hodisalarning qanday va nima uchun kerakligi ilmlari manbaini" bayon etib berishi lozim edi.
Bu ichki mohiyatni topish uchun, Ibn Xaldun oqilona, tahliliy yondashuvni ishlab chiqdi, unda u siyqasi chiqqan gap-soʻzlar va an'anaviy g'oyalarni rad etdi, xurofot va dalillanmagan ma'lumotlarni inkor qildi. Uning fikricha, ko'pincha tarix tanqidiy munosabatsiz, puxta izlanishsiz, siyosat, urf-odatlar, sivilizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar haqida ma'lumotlarsiz bitilgan. Raqamlar bo'rttirib ko'rsatilgan – qo'shin, daromadlar, boylik; hikoyalar ularning ehtimolligi tekshirilmasdan yoki qilinishi mumkin boʻlgan xatolar hisobga olinmasdan qabul qilingan.
Misol tariqasida, Ibn Xaldun ko'plab tarixlarda takrorlangan mashhur xalifa al-Ma'mun haqidagi "Arab kechalari" (koʻpchilik u ertaklarni oʻqigan, yoki eshitgan va undagi voqealar haqida ma'lum tasavvurga ega) ertagiga ishora qiladi. Ibn Xaldun uchun bu ertak tarix sifatida qabul qilinishi mumkin emas edi. "Undagi voqea-hodisalar al-Ma'munning dindorligi va ilmiga, ota-bobolarining hayot tarziga qanday mos kelishi mumkin? ... O'zini o'ylaydigan yovuz kimsalardan biri kabi o'zini tutishi qanday toʻgʻri boʻlsin?"
Uning so'zlariga ko'ra, bunday hikoyalar eski yilnomachilarning asarlarida muntazam uchrab turadi, haqiqiy tarixchi esa kumush va oltinni turli metal boʻlaklaridan ajrata bilishi lozim.
Bundan tashqari, Ibn Xaldun aytadiki, tarixchilar shuni bilishi kerak – sharoit va urf-odatlar o'zgaruvchan bo'ladi. Masalan, ilgari, Islomning buyuk tarixchilaridan biri al-Mas'udiy, dunyoning sharoitini, mazhab va urf-odatlarni, mamlakatlar va sulolalarni tasvirlab bergan va uning asarlari tarixchilar uchun asosiy ma'lumotnomaga aylangan edi. Ammo o'tgan asrlarda yer yuzi o'zgardi. Aholi o'zgardi. Iqlim o'zgardi. Qora o'lat butun dunyoni qamrab oldi, qabilalar va sulolalarni zaiflashtirdi, har tomonda shaharlarni vayronaga aylantirdi, qishloqlar huvillab qoldi. Xulosa qilib aytganda, dunyo o'zgardi va uning yangi tarixida Ibn Xaldun uning hajmi va koʻlamini tadqiq etdi va bu o'zgarishlarning sababini izladi.
@ufq_horizon
BY UFQ
Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/34