tgoop.com/ufq_horizon/341
Last Update:
Diniy siyosatning kamchiliklari
Dunyoviy hukumatlarning diniy (islomiy) siyosatdagi harakatlarining samarasizligining bosh sababi, bu muammoni aniq tan olmaslik va xayoliy muammoga qarshi kurashishdadir. Hukumatlar odatlar, bid'atlar bilan zararlangan "an'anaviy", "mo'tadil" islomni "sof islom" deb, bu odatlarga qarshi kurashuvchi, dinamik islomni esa "radikal islom" deb tasniflaydilar va bu "radikal islom"ni mustaqil doktrina sifatida tan olish o'rniga, uni total rad etadilar.
Bu holda har qancha propaganda vositalari ishga solinmasin, islomning tabiatiga xos bo'lgan "sof fitratga" tortish kuchiga qarshi yetarli kuch bo'la olmaydi. "Mo'tadil islom" vakillarining chiqishlari esa xalq ko'zida sof islomga chaqiruvchi da'vat emas, leviafan bilan kelishuvga kirishgan klerik-ruhoniyni namoyon etadi.
Bunday holda sekulyar hukumatni xavfga solgan "radikalizm" muammosini hal qilish imkonsizdir. Kelishuv nuqtalarini topish uchun dunyoqarashlardagi ontologik farqlarni aniqlash, metodologik yechimlarni topish ustida ishlash lozim.
Buning uchun quyidagi omillarni inobatga olish kerak:
1. Islomni o'z tabiatiga ko'ra "radikal" deb qabul qilish lozim. Buni tan olmaslik va "yumshatish"ga urinish samarasiz.
2. Repressiv siyosat aks ta'sir ko'rsatadi, elitaga nisbatan antipatiya uyg'otadi va radikalizmning keskinlashuviga olib keladi.
3. "Radikal islom"ning metodologik asoslarini anglamasdan turib, u bilan ishlash mumkin emas.
4. Yechim yo'llari total inkor, takfir, "nolegitimga chiqarish" uslublari bilan topilmaydi.
@ufq_horizon
BY UFQ
Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/341