tgoop.com/ufq_horizon/40
Last Update:
Ibn Xaldunning g’oyalariga ko’ra pedagogikaning tamoyillari
Ibn Xaldunning fikriga ko’ra ta’lim uch ustundan iboratdir: ustoz, talaba va ta’lim uslubi. Ta’limdagi muvaffaqiyat va maqsadlarga erishishga turtki bo’ladigan eng muhim omil bu ta’lim tizimining holatidir, chunki ta’lim olish ilmni, shuningdek haqiqat va dalillarga asoslanib o’rganilgan g’oyalarni o’z ichiga oladi. Shunga ko’ra, Ibn Xaldunning ta’limoti ilmiy asoslarga bino qilingan quyidagi tamoyillardan iboratdir:
Birinchi tamoyil: Inson tafakkuri.
Tafakkur bu insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi qobiliyatdir. Hamma ilm-fan va hunarlar aynan shu fikrlash qobiliyati orqali shakllangandir, chunki inson doimo o’zi haqida, dunyo va oxirat haqida o’ylab, fikr yuritadi.
Ikkinchi tamoyil: Ta’lim berish va ta’lim olish insonning ta’biatiga xosdir.
Shunga ko’ra ilm olish va ilm tarqatish inson uchun tabiiy holdir. Shunday ekan insonlardan boshqa jamoada ilm yo’qdir. Olimlar aniqlashganki, qachonki inson o’zining jamoasidan yoki tabiatidan uzoqlashsa, u o’zining insonlik xususiyatini yo’qotadi. Bu xususiyatni oshiradigan narsa shundaki, u insoniyat jamiyatidan tashqarida mavjud bo'lmagan fikr va bilimga bog'liq.
Uchinchi tamoyil: Nazariy va amaliy qobiliyatlar
Ibn Xaldun ta’limni hunar yoki sanoat deydi. Shunga ko’ra inson o'zining nazariy va amaliy malakalarini ta’lim berish, amaliyot o’tkazish, o'rganish va tadqiqot olib borish orqali amalga oshirishi mumkin. Ta’limni hunardek deb bilsak, uning asoslarini, ilmini, sir-asrorlarini va uslublarini talabalarga o’rgatadigan ustoz ham kerak.
To’rtinchi tamoyil: Ilm-fanning olam bilan bo’lgan o’zaro aloqasi
Nazariya, qabul qilingan yoki taxmin qilingan narsadan kelib chiqadi. Ilm esa dunyoning haqiqatidir. Fan ma’lumotni faqatgina hisoblamaydi, uni tartibga ham soladi. Fan ushbu ma'lumotlarni ma'lum tartibga qo'yib, o’zaro aloqalarini aniqlash orqali ma’lum bir ilm-fanga asos soladi.
Muhammad Taqiy tarjimasi
Davomi bor..
Telegram | Facebook
BY UFQ

Share with your friend now:
tgoop.com/ufq_horizon/40