tgoop.com/umarhalil/3327
Last Update:
Umrimda kitob oʻqigan odammasman. Yoshim 35 da. 18 yoshimdan boshlab koʻcha hayotiga qiziqib, koʻp qizlar bilan gaplashdim. Hatto bir beva ayol bilan norasmiy er-xotin boʻlib ham yashagan paytim boʻldi. Eng kuchga toʻlgan paytim va qizlar atrofimda tekindan besh battar edi. Ulfatlar, qulluq qilganlar koʻp boʻlardi. Sababi, koʻchadagi “Разборкалар”ni hal qilardim. Asosiy kunim tungi klubda qizlar bilan kayf-u safo qilish bilan oʻtardi. Keyinchalik bu hayotdan zerikib rusga ishlashga kettim. Musofirlikda yurib bu hayotdan ham zerikdim. Endi haqiqiy halol turmush qurib yangi hayot boshlayman deganimda negadir hech qaysi sovchilik amalga oshmayapti. Onam qayerga bormasinlar hech kim qizini uzatishga roʻyxushlik bermayapti. Musofirlikda Omar Xalilning bir nechta hikoyalarini tinglagandim. Shu orqali taniganim uchun yaqinda “Muhabbat madrasasi” kitobini koʻrib qoldim. Qiziqib sotib oldim va oʻqishni boshlaganimda “Shaharlik ot” haqidagi qismini oʻqiboq toʻxtadim. Qaniydi, shu kitobga 10 yil avval duch kelganimda…
BY Omar Xalil
Share with your friend now:
tgoop.com/umarhalil/3327