tgoop.com/uymaktabi/67
Last Update:
Ko'pchilik sahifamiz obunachilari o'yin qanday o'ynalishiga qiziqish bildirib yozishibdi.
NAMOZ STOL O'YINI QANDAY O'YNALADI?
🔆 O'yinchilar 1 dan 100 gacha bo'lgan yurish yo'lidan iborat asosiy o'yin stolida "Raqam tanlash" sahifasi orqali raqam tanlab navbatma-navbat harakatlanadilar.
O'yin davomida zinapoya, sirpanchiq va namoz savol kabi katakchalar bor:
🚀 Zinapoya - bu katakchada Siz qilgan solih amalingiz uchun to'gridan-to'g'ri yuqoriga ko'tarilasiz.
🎡 Sirpanchiq - bu katakchada qilingan befarqlik uchun pastki katakchaga sirpanib tushib ketasiz.
❓ Namoz savol - bu katakchaga tushgan o'yinchi savol kartochkalaridan birini olib savolga javob berishi kerak bo'ladi. Savolga to'g'ri javob bergan o'yinchi o'sha joyda qoladi, agar to'g'ri javob bera olmasa ikki qadam ortga yuradi!
🕌 Siz marraga - Masjidga birinchi bo'lib yetib borish bilan birga namoz haqida bilimlaringizni oshirib borasiz.
Bu o'ynash va o'rganishning qiziqarli usuli, shunday emasmi?!
BY Musulmon bolaning uy-maktabi
Share with your friend now:
tgoop.com/uymaktabi/67