Notice: file_put_contents(): Write of 12669 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50 QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI@uzagroministry P.33150
Qulupnay zararkunandasi: Shilliq qurtga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkin?
🐛Shilliq qurt qushqo‘nmaslar (Arionidae) oilasiga mansub bo‘lib, asosan qulupnay va malinani zararlaydi. Ularning o‘simlikka yetkazadigan zarari, ayniqsa, mevalar pishib yetilgan vaqtda seziladi. Shilliq qurtlar asosan kechasi faol bo‘lib, kunduz kunlari tuproq, kesaklar yoki o‘simlik barglari ostida yashirinib yotadi. Bu ularni aniqlash va yo‘q qilishni murakkablashtiradi. Ular o‘simlik barglarini, mevani kemiradi va ortida shilimshiq iz qoldiradi. Bu esa nafaqat hosilning sifati va hajmini kamaytiradi, balki uni bozorda sotish uchun yaroqsiz holga keltiradi.
💬Shilliq qurtlarning ko‘payishi nam iqlim sharoiti va sug‘orish tizimidagi nosozliklarga bog‘liq.Nam tuproq va qalin o‘simlik qoplami ularga yashash va ko‘payish uchun qulay muhit yaratadi. Shuningdek, zararkunandalar urug‘lar, o‘simlik qoldiqlari yoki tuproq bilan birga boshqa hududlarga ham tarqaladi.
Kurash choralari
🌲Qulupnayzor atrofidagi tuproqqa superfosfat yoki so‘ndirilgan ohak purkash shilliq qurtlarni cheklashda samarali hisoblanadi. Ushbu moddalar zararkunandalar uchun noqulay muhit yaratadi. Sug‘orishdan keyin tuproqni tez-tez yumshatish va quruq holda saqlash zararkunandalarni kamaytiradi.
🤔Kechqurunlari qator oralariga karam barglari, qovun va tarvuz po‘choqlari yoki paxta faner bo‘laklari qo‘yilib, ertalab ulardagi shilliq qurtlar qo‘lda yig‘ib olish va yo‘q qilish mumkin.Yassi faner, eski qop yoki shox-shabbalardan tuzoqlar tayyorlab, kechasi qulupnayzor qatorlariga joylashtirib, ertalab tuzoqlardagi shilliq qurtlarni yo‘q qilish ham mumkin.
🤔Zararkunandalarga qarshi maxsus molyuskitsid preparatlari qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Misol uchun, “Metaldehid” tarkibli granulalar shilliq qurtlarga qarshi samarali hisoblanadi. Biroq, kimyoviy usullarni qo‘llashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Sug‘orishni me’yorida amalga oshirish zarur.
✅Shilliq qurtlarni boshqarishda kompleks yondashuv zarur. Mexanik usullarni profilaktik choralar bilan uyg‘unlashtirish hosilni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik va kimyoviy tadbirlar zararkunandalar sonini nazorat ostida ushlash imkonini beradi.

Private channels are only accessible to subscribers and don’t appear in public searches. To join a private channel, you need to receive a link from the owner (administrator). A private channel is an excellent solution for companies and teams. You can also use this type of channel to write down personal notes, reflections, etc. By the way, you can make your private channel public at any moment. Matt Hussey, editorial director of NEAR Protocol (and former editor-in-chief of Decrypt) responded to the news of the Telegram group with “#meIRL.” Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content. To view your bio, click the Menu icon and select “View channel info.” Step-by-step tutorial on desktop:
from us