tgoop.com/uzbekonomics/1032
Last Update:
Donald Tramp esa Elondan foydalandi.
2022 yilda Tramp o'zi egalik qiladigan Truth Social ijtimoiy tarmog'ida Elon haqida bunday yozgandi:
"Elon Mask Oq Uyga kelib, davlat subsidiyalaridan foydalanadigan uzoqqa bormaydigan elektr mashinalari, hech qayerga uchmaydigan raketalari uchun yordam so‘raganida, o‘zini katta Tramp tarafdori va respublikachisi sifatida ko‘rsatgan edi. Shu paytda men tizzangda tur va iltimos qil desam, u albatta shunday qilgan bo‘lardi..."
2024 yilgi Tramp uchun Elon Mask egalik qiladigan ma'lumotlar maydonidagi eng katta platforma bo'lgan Tvitter ham va Elonga ergashgan do'stlar, auditoriya ham suvdek kerak edi. Elon Maskning Twitterdagi oxirgi oylardagi faoliyati kuzatgan odam biladi, nimalar qilganini.
Ko'ramiz, buyog'iga endi nima bo'lar ekan. Tramp shaxsini bilgan holda shuni kutish mumkinki, Elon Maskni ham boshqa sobiq safdoshlari kabi foydalanib bo'lgach "tashlab" ketishi yangilik bo'lmaydi (Nikki Heyli kabi, masalan).
@uzbekonomics
BY Uzbekonomics
Share with your friend now:
tgoop.com/uzbekonomics/1032