UZBEKONOMICS Telegram 1037
​​Hukumatga kelgan oligarx.

Bugun, sof boyligi 5.8 milliard dollar bo'lgan va yaqinda saylangan D. Trump, birining sof boyligi 320 milliard dollar bo'lgan va ikkinchisining sof boyligi 1 millard bo'lgan ikki tadbirkor millarderlar uchun yangi vazirlik/agentlik tashkil qilib ularni AQSh federal hukumatining samaradorligini oshirishga mas'ul qilibdi.

Qiziq paytda yashayapmiza? Ko'z oldimizda dunyoning eng boy odami AQSh hukumatini sotib oldi desa ham bo'ladi. Uning uchun avval u informatsion maydonni egalladi (Tvitter birinchi o'rinda turadigan yangiliklar manbaasi va faol ijtimoiy tarmoq), ovoz beruvchilar ovozini sotib oldi, o'zi istagan nomzodi g'alaba qozonishiga yordamlashdi.

Nomzod esa unga yaxshilikni qaytarish uchun hukumatdan kreslo olib beribdi. Gap faqat Elon Maskning hokimiyatga kelishida emas. Niyati holis ham deylik. Hukumat xarajatlarini qisqartirish, byurokratiyani cheklash, albatta kerakli narsa. Lekin, bu yerda katta, juda katta manfaatlar to'qnashuvining hidi kelyapti.

Elon birinchi o'rinda Tesla, SpaceX va boshqa bir nechta korxonolarning rahbari va egasi. Har bir shu korxonalar regulyatsiya qilinadigan sohalarda faoliyat olib boradi. Elon Mask va uning korxonalari muntazam ravishda regulyatorlar bilan chiqisha olmay yuradi. Masalan, 2023 yilda SpaceXni Adliya vazirligi sudga bergan (ishga olish jarayoni bo'yicha, Qimmatli qog'ozlar bozorining regulyatori Maskga ish ochib (investorlarni aldagani uchun) jarimaga tortgan, hukumatga kelsa NASAning Boeing bilan shartnomasini bekor qilishiga ishora qilgan (Boeing Mask uchun raqobatchi korxona), yaqinda yozganimdek Elon Mask Fedrezervni tugatishni hohlaydi, kamida uning ishiga aralashishni. Va hokazo.

Qanday qilib mana shu korxonalarga egalik qiladigan, uni boshqaradigan odam hukumatda davlat idoralari samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish agentligiga boshliq deb tayinlanishi mumkin? Ya'ni, qanday qilib korxonalarini nazorat qiladigan tashkilotlarni tepasiga kelib taftish qilish, ularning ishiga aralashish va ularni butunlay yopish mumkin. Bu uchinchi sinf o'quvchisiga ham aniq ko'rinadigan manfaatlar to'qnashuviku. Albatta, qandaydir keraksiz shtatlarni qisqartirar, lekin SpaceX, Tesla va do'stlarining korxonalarini nazorat qiladigan idoralarni ham tepasiga boshliq bo'lib kelish g'alati emasmi?

O'ylan qoldim: Jorj Soros, Rokfeller vhzk deb qo'rqitilar edi, hukumatni orqavoratdan boshqaradigan elita bor, ko'rinmas qo'llar, cheksiz ta'siri va moliyasi borlar boshqaradi deb aytilar edi.
O'sha majoziy Jorj Soros aslida Elon Mask ekan, va orqavoratdan emas, ochiqchasiga ekan.

@uzbekonomics

tgoop.com/uzbekonomics/1037
Create:
Last Update:

BY Uzbekonomics

Share with your friend now:
tgoop.com/uzbekonomics/1037

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Although some crypto traders have moved toward screaming as a coping mechanism, several mental health experts call this therapy a pseudoscience. The crypto community finds its way to engage in one or the other way and share its feelings with other fellow members. Informative Read now Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content. How to Create a Private or Public Channel on Telegram?
from us

Telegram Uzbekonomics
FROM American