UZBEKONOMICS Telegram 1053
​​Populizm va dezinformatsiya zamoni. Fakt emas vayb muhimroq bo'lgan zamon.

Bular avval ham bo'lgan, ya'ni qo'rquvni uyg'otadigan noto'g'ri ma'lumotlar eng kuchli vositalardan biri bo'lib, asrlar davomida targ'ibotda qo'llanilgan. Lekin, hozir faktlar emas balki inson his-tuyg'usini o'ynatib, tez ishontira oladigan yolg'on ma'lumot tarqatish g'oyasi endi yangi texnologiyalar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, sun'iy intellekt, internet va bularning barchasi bilan kuchaymoqda. Xarajat nuqtai nazardan ham osonlashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yolg'on tarqatish xarajatini deyarli nolga yoki nolga juda yaqinlashtirdi. AI esa endi dezinformatsiya yaratishni deyarli bepul qilyapti. Shu ikkala faktor bu muammoni tezlashtiryapti. Esingizda bo'lsa, yozda mana buni ulashgan edim. Ijtimoiy tarmoq, AI va qasddan manipulyatsiya qilish kesishgan misol.

Noto'g'ri ma'lumotlarning kuchi uning faktual mazmunida emas, balki u keltirib chiqaradigan hissiy munosabatdadir. G'azab yoki adolatsizlik tuyg'usini uyg'otadigan kontent, haqiqatdan qat'iy nazar, tez tarqalib, insonlarning tushunchalariga, qarashlariga va harakatlariga ta'sir etishi mumkin.

Inson his-tuyg'ularini ma'lum manfaatlar uchun o'ynatib, insonlarning ma'lumotlar maydonini yolg'on va feyk bilan to'ldirib, algoritmlar bilan aynan kerakli bo'lgan ma'lumotlarga yo'naltirishning real ta'sirlari ko'z oldimizda. Saylovlarda g'olib bo'linyapti [1,2,3]; ba'zi mamlakatlar aholisi orasida nafrat, ayniqsa immigrantlarga qaratilgan nafrat kuchaymoqda.

Misol uchun, AQShda ko'p odamlar jinoyat darajasi hozir har doimgidan yuqoriroq, inflyatsiya darajasi juda baland, iqtisodiyot va bozor eng pastki darajada, va janubiy chegarani noqonuniy kesib o'tish har doimgidan balandroq deb o'ylashadi. Ularning hech biri to'g'ri emas - aksinchasi to'g'ri. Ammo bu noto'g'ri fikrlar saylovda qanday ovoz berishga ta'sir qiladi.

@uzbekonomics

tgoop.com/uzbekonomics/1053
Create:
Last Update:

BY Uzbekonomics

Share with your friend now:
tgoop.com/uzbekonomics/1053

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

It’s easy to create a Telegram channel via desktop app or mobile app (for Android and iOS): Image: Telegram. "Doxxing content is forbidden on Telegram and our moderators routinely remove such content from around the world," said a spokesman for the messaging app, Remi Vaughn. Today, we will address Telegram channels and how to use them for maximum benefit. How to create a business channel on Telegram? (Tutorial)
from us

Telegram Uzbekonomics
FROM American