tgoop.com/uzbekonomics/973
Last Update:
Rivojlangan mamlakatlar siyosatchilari uchun barcha muammoning sababi immigrantlardek ko'rinaveradi. Britaniyada ham, Amerikada ham. Mana endi Avstraliya va Kanada misolida ham.
Avstraliya xorijlik talabalar soniga kvota belgilab kelasi yildan talabalarga viza berishni qisqartirar ekan. Sabab - mamlakatda uy bozori narxlari oshib ketganligi, yashashga joy yetmayotganligi ekan. Axir muammo bunda bo’lsa yechim ko’proq uy qurishda emasmi? Aslida, Avstraliya uchun xorijlik talabalar bu bepul pul oqimi degani. Yangi ish yaratuvchilar va yangi ishchilar degani. Bu qarorni esa o’z oyog’iga kishan solishdan boshqachasiga tushuntirib bo’lmaydi. Katta xato qilishyapti. Avstraliyaga kelayotgan masalan iqtidorli xitoylik talabalarga yangi panoh bera oladigan mamlakat yutadi bundan.
Kanada ham Britaniyaga o'xshab immigrantlarni mamlakatga kelishini qisqartirish yo'lidan bormoqchi ekan. Buning sababi menimcha oddiy, Jastin Trudo reytingi pasayib ketayotgani va u reytingini oshirish uchun mana shunday populist shiorlarga qo'l urmoqda. Vaxolanki, Kanadaga oxirgi yillarda kelgan immigrantlat mamlakat aholisi soni o'sishining 97% tashkil qilgan ekan. Ya'ni, Kanada aholisi deyarli faqat immigrantlar hisobiga oshayotgan edi, siyosatchilar esa buni aksincha salbiy trend deya "hammaga uy yetmaydi" deyishadi. Yana o'sha gap, agarda aholiga uylar soni yetmayotgan bo'lsa aholi oqimini kamaytirish emas, balki ko'proq uylar qurish edi.
@uzbekonomics
BY Uzbekonomics
Share with your friend now:
tgoop.com/uzbekonomics/973