tgoop.com/uzrailways_uz/9770
Last Update:
2024 yilning 25-sentyabr kuni “Termiz MTU” filialida poyezdlar harakati xavfsizligi kunida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i F.S.Giyazov, Termiz transport prokurori Z.R.Tursunov va Surxondaryo viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i U.A.Miraxmedovlar boshchiligida tegishli korxona rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirokida Termiz-Qumqo‘rg‘on temir yo‘l uchastkasida nazorat ko‘rigi o‘tkazildi.
Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, uchastkadagi barcha temir yo‘l infratuzilmalar holatini ko‘zdan kechirish, temir yo‘l kesishmalarida yuk va yo‘lovchi poyezdlarining avtotransport vositalari bilan to‘qnashish holatlarini oldini olish, tizimda sodir bo‘layotgan har-xil turdagi baxtsiz hodisalarni oldini olishdan iboratdir.
Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz: