tgoop.com/vovopapcom/469
Last Update:
Principle #1: CEO kabi fikrlang.
Dasturchi sifatida vaqtimizning ko’p qismi kod yozish bilan o’tadi. Karyeramizning boshida shuni o’zi yetarli — berilgan TZga mos ishlaydigan kod yozsak hamma hursand. Lekin dasturchi sifatida o’sishni davom ettirishimiz uchun buni o’zi yetarli emas.
Biz CEO kabi o’ylashni o’rganishimiz kerak. CEO har kuni o’ylaydi: hozirgi vaqtda kompaniya rivoji uchun nimaga focus berish, qanday featurelar ustida ishlash, va nimani optimize qilish kerak? Katta kompaniyalarda bu savollarga javoblar OKRlar deb ataladi. Sizning kunlik qilayotgan ishingiz shu OKRlarga tayangan bo’lishi kerak. Shundagina sizni mehnatlaringiz kompaniya manfaatiga ishlaydi, shundagina (yaxshi) kompaniya sizni rag’batlantiradi.
Albatta bu sizga uncha yoqmagan ishlarni qilish degani: texnik chuqur research, testing, dokumentatsiya, juniorlarni mentor qilish, va hkz unchalik mazza/oson lekin muhim bo’lgan ishlar. Men uchun eng foydasiz dasturchi bu muhim bo’lmagan feature (qanchalik cool/scalable/complex bo’lmasin) ustida ishlayotgan dasturchidir. Siz o’sha dasturchi bo’lmang!
CEO kabi o’ylashni o’rgansak, keyinchalik albatta oramizdan buyuk CEOlar (yoki CTOlar) chiqadi 😎
#Karyera #Career #SWECareer #CareerTips #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
BY Vohid Karimov | Hello world
Share with your friend now:
tgoop.com/vovopapcom/469